02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 11:17
Jamiyat 👁 294

“OBOD QIShLOQ”DA MADANIY DAM OLISh TADBIRI TAShKIL ETILDI

“OBOD QIShLOQ”DA MADANIY DAM OLISh TADBIRI TAShKIL ETILDI

Mavzuga oid fotogalereya

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan tumanda 2 ta mahalla, Jumurtov shaharchasi va Xitoy ovuli hududlari “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturiga kiritildi.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida respublika byudjetidan 5 mlrd. 814 mln. soʻm, mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan 5 mlrd.814 mln. soʻm, tarmoq korxonalaridan 1mlrd. 110 mln. soʻm, aholi, tadbirkor va homiylar mablagʻlari hisobidan 16 mlrd. 840 mln. soʻm ajratilishi koʻzda tutilgan boʻlib, ayni paytda hududlarda qurilish-taʼmirlash ishlari jadal surʼatlarda davom etmoqda.

Dastur doirasida shu kunlarda Xitoy ovulida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari natijasida hududdagi binolar zamonaviy koʻrinishiga keltirilib, ushbu maskan yanada koʻrkamlashmoqda.

30-aprel kuni Xitoy ovulida dastur doirasida amalga oshirilayotgan qurilish, obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadidagi va bunyodkorlik ishlarida qatnashayotgan ishchi-xizmatchilar, hasharchilar uchun madaniy dam olish tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi masʼul xodimi Akbar Jonuzoqov, Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev va tumandagi muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi masʼullari ishtirok etdi.

Masʼullar dastlab hududda “Obod qishloq” Davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar.

Ovuldagi fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosi taʼmirlanishi uchun 449,8 mln. soʻm mablagʻ ajratilgan boʻlib, shu kungacha pudratchi tashkilot tomonidan taʼmirlash ishlari 40 foizga bajarildi. Shuningdek, aholi va homiylar hisobidan 7,6 km. ichki yoʻllarga 15 ta maxsus texnikalar yordamida tosh yotqizilib, tekislash ishlari olib borildi. Shu paytga qadar 129 ta xonadonlarning tashqi fasad qismi oqlandi va 922 ta daraxtlarga shakl berilib, 786 ta daraxtlar ohaklandi. Ovul hududiga 1 ta transformator hamda 29 ta tayanch ustunlari oʻrnatildi. Endilikda 77 ta elektr tayanch ustunlari, 2 ta transformatorni yangidan oʻrnatish hamda 7,4 km elektr tarmoqlarini tortish ishlari amalga oshiriladi.

Tadbir doirasida 4 ta sektorlar rahbarlari ham obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarida ishtirok etib, "Obod qishloq" dasturi amalga oshirilayotgan Xitoy ovulidagi 85-sonli maktab oldiga archa koʻchatlarini ekdilar.

Shu kuni tuman Davlat xizmatlari markazi ovul aholisi uchun koʻchma davlat xizmatlarini koʻrsatdi. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi ishchilari ham hasharda qatnashib, hududdagi bunyodkorlik ishlariga oʻz hissalarini qoʻshdilar.

Tadbirning tashkiliy qismida masʼullar "Temir daftar" roʻyxatidagi oilalarga tikuv mashinalarini va qimmatbaho esdalik sovgʻalarini topshirdilar.

Madaniy dam olish tadbirida Nukus shahri va Urgach shahridan tashrif buyurgan estrada xonandalari, tuman Madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari shoʻx kuy-qoʻshiqlar ijro etib, barchaga xushkayfiyat baxsh etdilar.

Aytish joizki, “Obod qishloq” dasturi doirasida Xitoy ovulida 18 ta ehtiyojmand oilalarning uy-joylarini taʼmirlash maqsadida homiylar biriktirilgan. Hududdagi aholiga suv yetkazib beruvchi 5 km. ariqlarda tozalash ishlari olib borildi. Avariya holatiga kelib qolgan 3 ta obʼektda buzish ishlari bajarildi. Shuningdek, 6 ta ijtimoiy holati ogʻir boʻlgan oilalarga yangi hojatxonalar qurilib, 485 ta xonadonlarga gaz ballonlari yetkazib berildi.

Hududga 1,1 km. uzunlikdagi piyodalar yoʻlakchasini qurish uchun 187,3 mln. soʻm mablagʻ ajratilgan boʻlib, bugungi kunda yoʻlakning 870 metr qismi qurib bitkazildi. Yana 200 metr qismining yer ishlari tayyorlab qoʻyilgan.

Ovul hududida sanitariya holatini yaxshilash maqsadida chiqindilar uchun 8 ta konteynerlar oʻrnatilishi rejalashtirilgan. Dastur doirasida 3,1 km irrigatsiya tarmoqlari,  9 km aloqa liniyalari tortiladi. Ovulda 4 ta tozalangan suv tarqatish shoxobchalarini qurilib, 3500 nafar aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi. Aholi tomonidan 100 ta uy-joylar taʼmirlanadi va xududdagi 55 ta tabdirkorlar tomonidan Bozor infratuzilma obʼektlarini qurish va taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi. Ayni paytda fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida turar joylarini taʼmirlash uchun zarur boʻlgan qurilish materiallari shahar markazidan ovul hududiga yetkazib berilmoqda.

"Obod qishloq" dasturi amalga oshirilayotgan Amudaryo tumanining Xitoy ovulida qurilish va obodonlashtirish ishlarida qatnashayotgan ishchi-xizmatchilar va hasharchilar hamda ovul ahli uchun tashkil qilingan kontsert dasturi barcha ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirdi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026