12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 21:29
Adabiyot 👁 323

JAYXUNDAY JÖŞQIN IJOD

JAYXUNDAY JÖŞQIN IJOD

Tillaringda - nomimdir,
Yöllaringda - qonimdir,
Kiprigingda osilib
Turgan mening jonimdir, - deya şeʼrlar bitgan, mustaqillik davri özbek adabiyoti, xususan, Qoraqalpoğistonda özbek adabiy muhitining rivojlanişiga öziga xos hissa qöşgan  şoirlardan biri Mansur Axmedov haqida eşitib, ijodi bilan qiziqib, izlanib körganimda avvaliga kutubxonalardan maʼlumot topolmay qiynaldim. Lekin kutubxonalardagi gazeta-jurnallarni izlab, şoir haqida maʼlumot töplar ekanman, mening tasavvurimdagi şaxs faqat şoirgina emas, tarjimon va jurnalist qiyofasida ham namoyon böldi. Avvaliga faqat şoir sifatida eʼtirof etilgan bu insonning mohir jurnalistik maqolalarini gazeta sahafalarida öqib, Vatan uçun fidoyi farzand ekanligining guvohi bölgan bölsam,  qoraqalpoq tilidan özbek tiliga tarjimalarini  körib, bilimdon tarjimon ekanligini angladim. Izlanişlarim mevasi sifatida şoirning naşr qilinib, kitobxonlar qöliga yetib kelmagan şeʼriy töplami mening qölimda! «Kiprigingda osilib turgan mening jonimdir…» Bu yorga nisbatan oşiqning soğinçi, betakror öxşatişi,  muhabbati izhoridir, inson qalbiga besöroq kirib keluvçi ilohiy muhabbatiga qöyilgan yodgorlik, degan taassurot  könglimdan ötdi. Nimaga kitob bunaqa nomlangan, nimalar haqida yozilgan ekanligini biliş iştiyoqi bilan kitobni varaqlar ekanman, ilk şeʼriy parça şoir şeʼriyati haqida, ruhiyati haqida, köngil keçinmalari haqida gapirayotgandek tasavvur uyğotdi, diqqatimni tortdi. Nimaga aynan bunaqa şeʼr yozgan-u, nega bunday başorat qilgan degan fikrlar könglimdan ötdi, dilimni örtadi. Mana uşbu misralar:
Töğri,
Öq qoçmaydi,
Öq otiladi.
Lekin men öqdirman.
Qoçayotgan öq,
Ğaşingizga tekkan yovni qulatib,
Bir kun yöq bölaman.
Yöq bölaman!
Yöq!!!

Yoki «Surat ortidagi yozuv» şeʼrida şunday misralar bor:
Onajon!
Faqat soğinganda bir qarab qöying,
Mayliga,
oqmasin közdan yoş sizib,
Yaxşilar qatori eslagan köyi,
Qöysangiz bas labingizni tekkizib!


Bu mazmundagi şeʼrlarni öqigan paytingizdayoq butun vujudingiz zir titraydi, har bir inson könglidan nimalar keçişi, har bir kitobxonning özigagina ayon. Şoirning şeʼrlari faqat özi uçungina emas, uning içki keçinmalari özi kabi boşqa kança dillarga öxşaş bölsa, şunçalik odamlar orasida yaşab qolaveradi. Bu misralar har birimizning qalbimiz tubidagi, tilga çiqazib aytolmaydigan dilrozlarimizdek tilga köçadi, göyo. Çunki bu dunyo ötkinçi, ötkinçi dunyoda faqat ezgu işlarimiz, qilgan yaxşiliklarimiz, şoirning «surat ortidagi yozuv»idek ötli misralarigina avlodlardan-avlodlarga ötib boraveradi. Bu misralar eskirmaydi, har bir öquvçi tilida yangidan yangrayveradi, qalbida yaşayveradi. Şoir «Bir kun yöq bölaman» deb baralla aytayotgan bölsa-da, jisman bu dunyoni tark etişini tabiat qonunidek tasvirlagan bölsa-da, lekin şeʼrlari bilan insonlar orasida qayta yaşaş imkoni berilgan ularga.

Şoirning töplamida turli mavzudagi şeʼrlarni öqib, könglingiz ravşanlaşadi. Bu şeʼrlar Vatan haqida, sevgi, sadoqat haqida, soğinç va ğam haqida, tabiat va yoşlik haqidagi mavzulardan iborat ajoyib guldastaga öxşaydi. Şeʼrlari inson qalbiga juda yaqin, tili sodda, mazmunan zalvorli, hayot haqiqatligini rassomdek tasvirlay olgan çiroyli taşbehlardan, boy şeʼriy janrlardan iborat ekanligining guvohi bölamiz. Şoirning juda katta köngil kengliklarini tasvirlab beriş uçun faqat vaqt kerak, olam ranglarini kaşf qiliş va olam içra inson hayotini  ranglar bilan tasvirlaş iştiyoqi boşqaça, lekin vaqt juda kam, şoir aytganidek:

Imkon bölsa edi menda,
çizardim-
Olamning nomaʼlum sirlarini ham.
Xayoli osmonni tutgan şoirning
Yozib ulgurmagan şeʼrlarini ham.
Imkon kerak faqat…

Darhaqiqat, agar imkon bölganida, agar şoir bevaqt bu dunyoni tark etmaganida yana qança şeʼrlar, qança-qança yuraklarni sel qiluvçi misralar, ilohiy muhabbatning bir-biridan gözal tasviri yaratilgan bölardi. Töplamdan juda katta mazmunli işq, dard, samimiyat aks etgan şeʼrlar örin olgan, badiiy tasvir vositalari juda öz örnida qöllangan, rang-barang mavzudagi misralar kitobxonni öziga jalb qiladi. Bu esa şoirning adabiyot ilmini ham juda yaxşi egallaganidan darak beradi. Jumladan, “Manğit” muvaşşahi xuddi yangi yilning samimiy tilaklari singari könglingizga yetib boradi. Har bir misrasida faqatgina yaxşiliklarnigina öz xalqiga ilinib turgan fidoyi Vatan farzandining samimiy tilaklari yarq etib közga taşlanadi:

Talablar tilayman haqqoniy, dadil,
Savoblar tilayman muqaddas, uluğ.
Javoblar tilayman oqil va odil,
Bağring butun bölsin, diydoring yoruğ.
Tinçlik - eng qimmatli ehson muborak,
Tir mingu töqqiz yuz töqson muborak!

Şoirning ijtimoiy hayotning baʼzi jihatlarini, insonlar orasidagi, farzand va ota-ona orasidagi mehr-oqibatni badiiy tarzda tasvirlagan «Sönggi armon» şeʼri heç qaçon öz qimmatini yöqotmaydigan dolzarb mavzuga bağişlangani bilan diqqatga sazovordir. Şeʼr oqibatsiz farzand haqida, uni özi yemay yedirib, kiymay kiydirib, qişning qirovli kunlarida paxta terib topgan pulini şaharda öqiyotgan öğliga yuborib, özi kasal bölsa ham öğlini öylagan, uning öqimişli inson bölişini orzu qilgan, mehr körmagan mehribon ota-ona haqida:

Bir yil böldi, bir stolni

Saqlaydi u çirmaşib.

Bugun esa volidasi

Omonatin topşirdi, - lekin farzand onani sönggi yölga kuzatişga kelmadi, u katta odam, uning vaqti yöq, qişloqda hamma uni kutmoqda, u esa özi ötirgan lavozim stolini asrab-avaylaş bilan ovora, bu holatdagi oğir ruhiy iztirob va muallif keçinmalari misralar mazmuniga singdirilgan:
…«Borolmayman bugun, - dedi, -
Şoşilinç bir iş çiqdi»
Birdan ota közlaridan
Ikki tomçi yoş çiqdi…
Köz yoşlarin arta olmay,
Bir jilmaydi telbahol.
Bu jilmayiş to umrbod
Qolar mening esimda.
Bunday ğarib tabassumni
Körmaganman heç kimda.
Sönggi yölga armon bilan
Ketdi ona nihoyat.
Yiğlab yozgan uşbu şeʼrim
Oğir tuşdi bağoyat.

Şoir nihoyatda oğir bir içki iztiroblar bilan tasvirlagan bu holat haliyam oqibatsiz farzandlar orasida topiladi. Şoir voqelikni xuddi rassom kabi turli ranglar bilan çizgandek taassurot uyğotadi. Şoir ijodida öziga xos katta örin egallagan jihatlaridan biri bu «Jumakaning gurrunglari» turkumidir. Bu keng kölamli hangoma taʼbir joiz bölsa, şoir E.Vohidov qalamiga mansub «Donişqişloq latifalari» hangomalar turkumi taʼsirida yozilgan, desak xato bölmas. Bilamizki, E.Vohidov ijodida badiiy qahramon Matmusaning öta soddaligi misolida xalqning hayotiga boğliq falsafiy maʼnolar aks ettirilgan, hajviy kulgi mohirona tasvirlangan  bölsa, M.Axmedov turkumidagi hangoma ham aynan qişloqdagi sodda bir insonning boşidan keçirgan kulgili holatlar, voqealar silsilasida juda teran falsafiy mazmunda aks ettirilgan. Özgalarni aldaşni niyat qilib yolğon gapirişi oqibatida aro yölda yolğiz özi qolib ketganligini kulgili tarzda tasvirlaydi. Bu fikrlarni biz quyidagi parçada körişimiz mumkin:

Kimki xalqni aldamoqni
Niyat qilsa oldiga,
Biling, albat tuşgusidir
Jumakaning holiga! - degan misralar orqali xalqni aldovçi yolğonçilar ahvoliga juda mazmunli xulosa berilgan.

Muallif şeʼriyatidagi öziga xos xususiyatlaridan biri mahalliy  til kaloritining saqlanişidir. Şeʼrlarda juda sodda va örinli, juda ustalik bilan Manğit şevasiga xos bölgan til materiallaridan foydalanganki, bu faqat şeʼrlarining söz boyligini oşirişga xizmat qilgan deyiş mumkin. Şoir asar qahramonlarini tasvirlaş jarayonida ularning individual nutqiga juda katta eʼtibor qaratgan. Masalan, quyoşlomo, adan, döngalak, qoptol, pot, somsom, orqayin. çuğul, qanşar kabi sözlar xalq jonli tilida köp qöllaniluvçi sözlardir, biz bu kabi sözlarni asosan, hangomalarida köproq uçratamiz. Şoirning qaysi mavzudagi şeʼrini öqisak-da xalq diliga juda yaqin ekanligini anglaymiz, çunki şoir xalqning ezgu niyatlarini, öy-fikrlarini, his-tuyğularini şeʼrlari mazmuniga singdirgan. Muallif bir şeʼrida şunday yozadi:

Bir kuni közlarim yumilar,
Yuragim ham tinar, jim bölar.
Yaxşi-yomon gapim tugaydi
Ham ziyonim, nafim tugaydi. Darhaqiqat, ayni damda şoir oramizda yöq, lekin uning ötli misralari har bir kitobxon qalbidan çuqur joy olişi şubhasiz, bu dilrozlari esa faqatgina şoirning öziniki emas, balki kança-qança şeʼrni sevib öqigan, uqqan qalblarning dilrozlaridir.

Şu sabab ham bu şeʼriyat insonlar qalbida mangu yaşaşga qodir:
Sahifa uzra tökila boşlar.
Şudring kabi omonat yoşlar.
Şudring kabi yoşlari uning
Şeʼrlarimni yuvadi mening.
Gullay boşlar şunda har tomrim,
Boşlanadi ikkinçi umrim!
Boşlanadi ikkinçi umrim!..

Bugun biz şoirning dil tubidagi sir-asrorlari bilan, qalb keçinmalari bilan yaqindan tanişdik, şeʼrlari orqali adabiyot maydoniga çaqmoqdek kirib kelgan bir şoir lirik keçinmalarini öqib, mazmun-mohiyatini anglab olişga urindik, umid qilamizki şoir şeʼrlari sizlarning ham qalblaringizdan çuqur joy oladi.
Şoirning ruhlari şod, oxiratlari obod bölsin.

Raʼno IBRAGIMOVA,
Toşkent Davlat Agrar Universiteti Nukus filiali katta öqituvçisi.

***

Bölsin
Qatorda yurgan har yigitning avval
Kökraginda öti-olovi bölsin.
Kimmanu kimdan kamman, deb har mahal
Öz-özina berar sörovi bölsin.


Ming noz etgan bilan, juvon qiz bölmas,
Ming oynak, azizim, bitta köz bölmas,
Hargiz, har kimsaning öz vaqtinda, bas,
Boşga qönar qori, qirovi bölsin.

Dunyo döngalakdur, tinmay aylanar,
Amru-farmoyişga könmay aylanar,
Göyo köru, karu, gungday aylanar,
Xar kimsaning adlu-insofi bölsin.

Ostinda -tulpori, qalbinda-jöşi,
Döstu yoron bilan ötsa yoz - qişi,
Sönggi yölga ketar bölsa har kişi,  
Soçin yulib yiğlar birovi bölsin.

Öğil - qanotli ot, qiz - qanotli quş,
Tirnoqqa zor banda misoli behuş,
Farzandim deb yiğsang siymu-zar, kumuş,
Ularning ham senga siylovi bölsin.

Darğasiz kemadir yolğiz har xotin,
Jilovsiz ot derlar yolğiz er zotin,
Mansur şunday bayon etar murodin,
Har kimning darğayu jilovi bölsin.

Mansur AHMEDOV.

 

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026