OʻQIB-OʻRGANIShDAN ASLO TOʻXTAMAYMIZ
Bugun mening, men kabi mamlakatimizda umumtaʼlim maktablarini bitirayotgan 438 ming nafar tengdoshlarimning hayotida eng hayajonli, shu bilan birga quvonchli kun. Chunki bugundan biz joʻshqin hayot sari mustaqil qadam tashlaymiz. Har birimizni ota-onamizday sevib, ardoqlab, taʼlim-tarbiya bergan aziz ustozlar, qadrdon maktabimiz bilan xayrlashamiz.
Ayni shu daqiqalarda soʻnggi qoʻngʻiroq jaranggiga hamohang muhtaram Prezidentimizning biz – bitiruvchi-yoshlarga tabrigi ham qalblarimizda qayta-qayta jaranglamoqda. Bu – bizga bildirilayotgan ezgu tilak, Prezidentimizning yuksak ishonchi!
“ - Men sizlarga ishonaman, yosh doʻstlarim!” – dedilar Prezidentimiz mamlakatimiz yoshlariga qarata.
Chunki jonajon Oʻzbekistonimizda biz yoshlarning oʻqib, bilim olishimiz, oʻz qobiliyatlarimizni amalda namoyon etishimiz uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. Qolaversa, bitiruvchi yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish joriy yilda 28 foizga yetkazilishi belgilangani har bir bitiruvchi qalbida umid, oʻziga ishonch tuygʻularini uygʻotadi. Ayniqsa, soʻnggi 5-yilda bakalavriat bosqichida 134 ta, magistraturada 147 ta mutaxassislik yangidan tashkil etilgani biz bitiruvchilar uchun yangi imkon eshiklarini ochishi tabiiy.
- Oʻrganish, izlanish va intilishdan aslo toʻxtamang! Sizlarning yutuq va gʻalabalaringizga ishonaman, aziz bolalarim!” – deya Prezidentimiz bizga ishonch bilan oq yoʻl tilab turganlarida biz yoshlar ana shu ishonch va yaratib qoʻyilgan imkoniyatlardan samarali foydalangan holda oʻz orzularimiz sari dadil qadam tashlaymiz va Prezidentimizga soʻz beramiz:
- Yuksak ishonchingizga munosib boʻlish uchun oʻqib-oʻrganishdan aslo toʻxtamaymiz, Prezident bobo!
Qunduzoy QODIROVA, 42-sonli umumtaʼlim maktabi bitiruvchisi,
“Yosh jurnalist va notiq” toʻgaragi aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶