29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 15:25
Fan va taʼlim 👁 633

AMUDARYoLIK AZIZA TOShKENTDAGI SINGAPUR MENEJMENTNI RIVOJLANTIRISh INSTITUTI TALABASI BOʻLDI

AMUDARYoLIK AZIZA TOShKENTDAGI SINGAPUR MENEJMENTNI RIVOJLANTIRISh INSTITUTI TALABASI BOʻLDI

Mustaqillik yoshlarga ulkan imkoniyatlar eshiklarini ochdi. Xalqimiz tarixida yoshlarga bu qadar ulkan eʼtibor berilgan davr boʻlmagan desak, aslo mubolagʻa emas. Zero, har qanday mamlakat taraqqiyotini unda yosh avlod kamoliga qaratilgan eʼtibor belgilaydi. Boisi, yoshlar kelajak egalaridir. Jadal rivojlanish va oʻzgarishlar sodir boʻlayotgan yurtning kelajagining rivojlanishida yoshlarning oʻrni beqiyosdir.

Yurtdoshimiz Aziza Zaripova ham mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan barcha imkoniyatlardan foydalanib, oʻz iqtidorini yuksaltirishga harakat qildi. U joriy yilda tumandagi 16-Ixtisoslashtirilgan Davlat umumtaʼlim maktabini aʼlo baholarga tugatdi. Ingliz tiliga juda qiziqqan Aziza kichik sinfdaligidan boshlab, ushbu tilni chuqur oʻrganishga harakat qildi. Bilimlar bellashuvi, Fan olimpiadalarida qatnashib faxrli oʻrinlar gʻolibligiga ega boʻldi. Maxsus kurslarda tahsil olib, bilimini, til boyligini oshirdi va sinovlardan oʻtib, xalqaro darajadagi IELTS sertifikatiga ega boʻldi. Shundan soʻng, Toshkentdagi Singapur Menejmentni rivojlantirish institutiga hujjat topshirdi va imtihonlardan oʻtib, maktab partasidanoq talabalikka qabul qilindi.

Hech birimizga sir emas, mamlakatimizda yoshlarning har tomonlama yuksak salohiyatli inson boʻlib kamol topishi yoʻlida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlarning ijobiy natijasini bugungi kun yoshlarining jamiyatda munosib oʻrin egallashga boʻlgan ishtiyoqi va erishayotgan yutuqlarida koʻrishimiz mumkin.

Keyingi yillarda yurtimizda taʼlim-tarbiya tizimiga joriy etilayotgan islohotlar tufayli sohada ijobiy natijalar qoʻlga kiritilmoqda. Oʻsib kelayotgan yosh avlod har tomonlama maʼnan va jismonan aqliy bilimga ega boʻlishlari uchun barcha taʼlim maskanlarida qulay imkoniyatlar yaratib berilgan.

Taʼlim, fan, sport, sanʼat sohasida xalqaro sinovlarda munosib oʻrin egallayotgan yoshlar buning yaqqol dalilidir. Kelajak davomchilari boʻlgan yoshlar ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanib, kasb tanlashda adashmasdan, ustozlari bergan bilimlarni toʻliq oʻzlashtirib kelayotgan yoshlarning safi tobora ortib bormoqda.

Aziza ham yoshligidan kitob oʻqishga juda qiziqdi. Toshkentdagi Vestminster institutida tahsil oladigan akasiga havas qilib, unga oʻxshashga harakat qildi. Shuningdek, ota-onasining bergan toʻgʻri tarbiyasi uni shu darajaga yetishishining asosiy sababidir. Azizaning hayotda shunday yutuqqa munosib koʻrilishida ustoz-murabbiylarning ham oʻrni katta. Qachonki inson harakatdan, oʻqib-izlanishdan toʻxtamasa, oldiga qoʻygan maqsadlariga erishadi.

Azizadan barcha yoshlar oʻrnak olsa arziydi. Yosh boʻlishiga qaramasdan, bunday natijaga erishgan tengdoshimizga oʻqish va ishlarida zafarlar tilaymiz.

Sevara ISMOILOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026