SUD MASʼULLARINING SAYYoR UChRAShUVI OʻTKAZILDI
Qoraqalpogʻiston Respublikasida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish, odil sudlovni taʼminlash va korruptsiyadan holi hududga aylantirish boʻyicha Yoʻl xaritasining 24-bandida tegishli vazifalar belgilab berilgan. Unga koʻra sud-huquq tizimi masʼullari tomonidan hududlarda uchrashuvlar tashkil etilib, aholiga bu boradagi qonun hujjatlari, jinoyat va huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari, belgilangan jazo turlari haqida keng tushunchalar berilmoqda.
Shu yil 24-iyun kuni Toshyop ovuli va Bogʻ mahallasida Qoraqalpogʻiston Respbulikasi sudi masʼullarining sayyor uchrashuvi oʻtkazildi. Uchrashuvda fuqarolar yigʻini masʼullari va faollari qatnashdi.
Ushbu uchrashuvda fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ularni koʻrib chiqish va sudga murojaat qilish tartibi tushuntirildi. Undan tashqari, shu yil 8-fevral kuni qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi va Oʻzbekiston Respublikasining Konstituttsiyasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi Qonunlarning mazmun-mohiyati xususida maʼlumotlar berildi.
Uchrashuv ishtirokchilari masʼullardan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar olishdi.
B.Baymuradov, Nukus tumanlararo Iqtisodiy sudi sudyasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶