Aholini roʻyxatga olishda shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish qanday amalga oshiriladi?
Aholini roʻyxatga olish tadbiri keng koʻlamli, koʻp vaqt va katta mablagʻ talab etadigan tadbir boʻlib, uni oʻtkazish uchun 2-3-yil davomida tayyorgarlik ishlarini olib borish talab etiladi.
Respublikamiz mustaqillik yillarida aholini roʻyxatga olish tadbiri ilk bor oʻtkazilayotganligi inobatga olinib, tadbirga puxta tayyorgarlik koʻrish va uni sifatli oʻtkazish maqsadida 2023-yilga koʻchirildi.
Roʻyxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari oʻtkaziladi va roʻyxatga olish boshlanishining aniq payti 2023-yil 1-noyabr soat 00.00 etib belgilandi. Roʻyxatga olishni oʻtkazish davomiyligi — 25 kun.
Shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish
Respondentlar yashaydigan (vaqtincha boʻlib turgan) turar joy va noturar joylarga, binolarga tashrif buyurgan holda uyma-uy yurib soʻrov oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. Roʻyxatga olish varagʻi shakllari roʻyxatga oluvchi xodimlar tomonidan respondentlarning soʻzlari asosida toʻldiriladi;
Aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish davrida yashash (turgan) joyida hozir boʻlmagan yoki voyaga yetmagan shaxslar (respondentlar) toʻgʻrisidagi shaxsga doir maʼlumotlar mazkur uy xoʻjaligining voyaga yetgan aʼzolari tomonidan maʼlum qilinadi. Oʻziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslar toʻgʻrisidagi shaxsga doir maʼlumotlar ularning vasiylari yoxud homiylari tomonidan maʼlum qilinadi;
Yashab turgan xonadonida (joyida) roʻyxatdan oʻtishni istamagan respondentlar uchun roʻyxatga olish soʻrovnomalarini toʻldirish tuman (shahar) hokimliklar tomonidan ajratilgan bino yoki xonalarda joylashgan statsionar uchastkalarda amalga oshiriladi;
Respondent roʻyxatga olish varagʻidagi savollarga javob berishni rad etgan taqdirda, roʻyxatga olish varagʻi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridagi yoki mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi mavjud maʼlumotlar asosida toʻldiriladi;
Gapirishi va eshitishida nuqsoni boʻlgan fuqarolarning shaxsga doir maʼlumotlarini yigʻish tegishli xudud boʻyicha nogironlik jamiyatlarining xodimlari yoki ushbu shaxslar bilan muomala qilish imkoniyati mavjud boʻlgan shaxslar koʻmagida amalga oshiriladi.
Shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish taʼminlash talablarini hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali ham amalga oshiriladi.
Aholining ayrim toifalari boʻyicha shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish, roʻyxatga olish varagʻi shakllari va boshqa roʻyxatga olish hujjatlarini toʻldirish "Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Shukrulla Ibodullayev, Amudaryo tumani Statistika boʻlimi yetakchi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶