Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tumanda sayyor qabul oʻtkazdi
8-iyul kuni Amudaryo tumanida Davlat kadastrlar palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasining sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.
Sayyor qabulda Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Adil Erenov, boshqarma yuridik byurosi boshligʻi Toʻrebek Gaipov, boshqarmaning Amudaryo tumani filial boshligʻi Shokirjon Davlatovlar hamda aholi vakillari ishtirok etdilar. Qabul jarayonida dastlab sohaga oid qabul qilingan qator qonun hujjatlari mazmun-mohiyati xususida soʻz yuritildi.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi.
Mazkur farmon bilan yerga oid munosabatlarda yangicha tartiblar belgilanishi koʻzda tutilgan boʻlib, yerni haqiqiy maʼnoda bozor aktiviga aylantirishga xizmat qiladi. Jumladan, 2021-yil 1-avgustdan boshlab yer uchastkalari xususiy sektorga – mulk va ijara huquqi asosida, davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga — doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishi belgilangan.
Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqi bilan yer ajratish tartibi bekor qilinib, bunda ilgari ajratilgan yer uchastkalariga boʻlgan bunday huquqlar ularning egalarida amaldagi tartibda saqlanib qolishi koʻrsatilgan.
Shuningdek, mazkur hujjatga koʻra, barcha hollarda yer uchastkalari faqat boʻsh turgan va zaxiraga olingan yerlardan ajratilishi, ayni bir hujjat bilan yoki bir vaqtning oʻzida yer uchastkasini olib qoʻyish, zaxiraga olish, boshqa shaxsga ajratish yer berish tartibini buzish hisoblanishi va qonunga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos boʻlishi belgilandi. Bundan tashqari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlariga oid qaror, farmoyish yoki boshqa turdagi hujjat qabul qilish huquqi 2021-yil 1-avgustdan bekor qilindi.
Sayyor qabul aholi vakillari tomonidan yoʻllangan murojaatlarni tinglash bilan davom ettirildi. Qabul jarayonida, fuqarolar tomonidan jami 10 ta murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning aksariyatini fuqarolarning koʻchmas mulk obektlariga kadastr hujjatini rasmilashtirish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish mazmunidagi masalalar tashkil etdi.
Shuningdek, qabulda kadastr hujjatining dublikatini olish, yer ajratish, koʻchmas mulk obektlariga kadastr hujjatlarini tayyorlash, ishlab chiqarish obʼektlarini qurish va fermer xoʻjaliklarini tashkil qilish uchun yer maydonlari ajratish tartiblari kabi qator oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.
Kelib tushgan murojaatlardagi masalalar boʻyicha masʼullar fuqoralarga huquqiy izohlar berdilar va ayrim murojatlar boʻyicha tegishli tartibda filial xodimlariga topshiriqlar berildi. Fuqarolar tomonidan soha boʻyicha berilgan savollarga aniq javoblar keltirildi.
Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶