02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 13:40
Jamiyat 👁 314

“AYoLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLARGA TIKUV MAShINALARI BERILDI

“AYoLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLARGA TIKUV MAShINALARI BERILDI

Prezidentimiz tomonidan joriy yil 26-fevral kuni xotin-qizlarning muammolarini hal qilish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokamasi yuzasidan yigʻilishi oʻtkazilgan edi. Unga koʻra ayollar bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, moliyaviy qoʻllab-quvvatlash borasida bir qator vazifalar belgilandi.

Mamlakatimiz aholisining qariyb yarmi – 17 millioni xotin-qizlardir. Ularning manfaatlarini taʼminlash, jamiyat hayotidagi oʻrnini mustahkamlash davlatimiz ijtimoiy siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Qizlarning sifatli taʼlim olishi, kasb egallab, ishli boʻlishi uchun katta imkoniyatlar yaratilgan. Ayollarning tadbirkorligi, tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanayapti. Oʻtgan yili 585 mingga yaqin xotin-qizlarning bandligi taʼminlandi. Shundan 36 mingdan ortiq ayollar esa kasb-hunarga oʻqitildi.

Joriy yilda 6-iyul kuni tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi binosida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Ayollar daftari” roʻyxatida turgan boquvchisini yoʻqotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj 40 nafar ayollar uchun jamgʻarma hisobidan tikuv mashinalari berildi. Tadbir ochilishida soʻz olgan tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ayollar bandligini taʼminlash maqsadida tumanda koʻplab ishlar amalga oshirilayotganini, jumladan, 40 nafar xotin-qizga tikuv mashinasi berilganini, bu esa ularning bandligini taʼminlash uchun vosita boʻlib xizmat qilishini taʼkidladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash Vazirining birinchi oʻrinbosari Maryam Ahmedova, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, sektor rahbarlari J.Muftullayev, U.Xudayberganov, A.Seitovlar ishtirokida tikuv mashinalari oʻz egalariga topshirildi. Yigʻilishda ayollarni ish bilan taʼminlash, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularga tibbiy va psixologik yordam qamrovini kengaytirish, oilaviy ajralishlarning oldini olish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Amudaryo tumanida ijtimoiy himoyaga, yordamga muhtoj xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tuzilgan “Ayollar daftari”ga 1832 nafar yordamga muhtoj xotin-qizlar kiritilgan edi. Keyinchalik ijtimoiy, iqtisodiy, psihologik qoʻllab-quvvatlanib, bandligi taʼminlandi hamda 1832 nafar yordamga muhtoj ayol-qizlar “Ayollar daftari”dan chiqarildi. Shuningdek, xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish uchun hudud banklari orqali kreditlar berilmoqda. Soʻnggi yillarda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi rahbariyati boshchiligida, ishchi guruhi tuzilib, barcha hududlarda ayollarni qiynayotgan muammolar oʻrganilib chiqilmoqda.

Xotin-qizlar bandligini taʼminlash masalasiga alohida ahamiyat qaratildi. Ularni talab yuqori boʻlgan kasblar va tadbirkorlikka oʻqitish, shu asosda biznesini yoʻlga qoʻyishda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibini joriy etish tadbirning asosiy vazifasi etib belgilandi.

Tadbirda olib borilayotgan ishlarni tizimli amalga oshirish maqsadida, mamlakatimizda joriy etilgan ishsiz va boquvchisiz xotin-qizlar boʻyicha alohida roʻyxatlar shakllantirib, har biri bilan yangi tizim, yangicha tartibda manzilli ishlash muhimligi taʼkidlandi.

Sevara ISMOILOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026