HUQUQ TARGʻIBOTChISI TANLOVI GʻOLIBIGA ESDALIK SOVGʻALARI BERILDI
Hammamizga maʼlumki, davlatimizda yagona huquqiy siyosatni yuritish, aholining huquqiy ongini va madaniyatini yanada oshirish, Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlardan fuqarolarimizni xabardor qilib borish hamda yangi qabul qilingan qonunlar bilan tanishtirib borishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning tizimidagi idoralarga bir qator topshiriq va vaziflar yuklatilgan. Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tizimli ravishda turli koʻrinishdagi sovrinli viktorinalar va tanlovlar oʻtkazib kelinmoqda.
Ana shunday viktorinalar gʻolibligiga bu safar amudaryolik Gulnoza Gulmirzayeva sazovor boʻldi.
Gulnoza “Adolat qanotlari” klubi aʼzosi sifatida 2021-yil iyun oyining eng faol targʻibotchisi yoʻnalishida gʻolib deb topildi.
Shuningdek, intiluvchan qizimiz Adliya vazirligining telegramdagi “Huquqiy axborot” kanalida oʻtkazib kelinayotgan va huquqiy test savollarini oʻz ichiga olgan “Sovrinli viktorina”da ham qatnashib, mazkur tanlovda ham 1-oʻrinni egalladi.
Tanlov gʻolibiga tuman Adliya boʻlimida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.
Kelajakda huquq sohasi yetuk mutaxassisi boʻlib yetishishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan Gulnozaga kelgusi ishlarida ham omad va zafarlar tilaymiz.
M.Matyusupov, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶