02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 12:14
Jamiyat 👁 437

Tumanimizdagi 1-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti - namunali taʼlim-tarbiya maskani

Tumanimizdagi 1-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti - namunali taʼlim-tarbiya maskani

Mamlakatimizda yosh avlodning taʼlim-tarbiya olishlariga aʼlohida eʼtibor qaratilib, keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ertamiz egalarining har tomonlama yetuk, barkamol boʻlib voyaga yetishida bogʻcha yoshidan sifatli taʼlim-tarbiya olishlari muhim ahamiyatga ega ekanligi inobatga olinib, maktabgacha taʼlim tizimini yanada rivojlantirish borasida tizimli ishlar qilinmoqda.

Amudaryo tumanidagi 1-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti farzandlarimizning sifatli boshlangʻich taʼlim-tarbiya olishlarida namuna koʻrsatib kelayotgan tashkilotlardan biri hisoblanadi. Navoiy mahallasida joylashgan mazkur tarbiya maskani binosi 1992-yilda barpo etilgan. Hozirda 260-oʻringa moʻljallangan tarbiya maskanida 15 ta guruhlarda bolajonlar taʼlim-tarbiya olishmoqda. Mazkur guruhlarning 13 tasi asosiy hamda 2 tasi qisqa muddatli guruhlar boʻlib, ayni paytda jami 350 nafar bolalar tarbiyalanmoqda.  Shularning 300 nafari asosiy guruhlardagi, 50 nafari qisqa muddatli guruhlardagi tarbiyalanuvchilar hisoblanishadi.

Hozirda maktabgacha taʼlim tashkilotida jami 76 nafar xodimlar faoliyat yuritmoqdalar. Ularning 37 nafari pedagog, 39 nafari texnik xodimlar hisoblanadi. Ushbu pedagog xodimlarning 15 nafari oliy maʼlumotli, 22 nafari oʻrta maxsus maʼlumotga ega. Shuningdek, 2019-yilda 2 nafar pedagoglar – Oydin Kazakova va Hamida Haytbayevalar  ikkinchi malaka toifasiga ega boʻldilar.

Maʼlumot tariqasida keltirish joizki, tumanimizda joriy yilning iyul oyi holatiga jami 117 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlib, shundan, 51 tasi davlat, 4 tasi davlat-xususiy sherikchilik asosidagi va 62 tasi nodavlat oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari hisoblanadi.

Bugungi kunga qadar tumanda 3-7 yoshgacha boʻlgan, yaʼni maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar soni 16 ming 682 nafarni tashkil qiladi. Shundan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 9 ming 466 nafar, davlat xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 285 nafar, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 1 ming 520 nafar bolajonlar qamrab olingan. Jami maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan bolalar soni 11 ming 271 nafar boʻlib, qamrov koʻrsatkichi 67,6 foizni tashkil qiladi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga taʼlim-tarbiya berishda Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asoslangan holda samarali ishlar olib borilmoqda. Qolaversa, “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi hamda 6 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash boʻyicha “Ilm yoʻli” variativ dasturi asosida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

1-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida taʼlim-tarbiya jarayoning toʻgʻri tashkil etilishi hamda mehnatkash, masʼuliyatli va izlanuvchan xodimlarning samarali xizmatlari natijasida katta yutuqlar qoʻlga kiritilmoqda.

Jumladan, 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish” kuniga bagʻishlab tumanimizdagi maktabgacha taʼlim-tashkilotlari oʻrtasida “Oʻzbekiston – umumiy uyimiz” mavzusida oʻtkazilgan asfaltga rasm chizish boʻyicha koʻrik-tanlovning tuman bosqichida 1-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari faol ishtirok etdilar hamda faxrli 1-oʻrinni egalladilar.

Shuningdek, tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy koʻrik-tanlovining tuman bosqichida “Eng yaxshi ijodkor tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha mazkur tarbiya maskani tarbiyachisi Mohira Bozorboyeva faol ishtirok etib, tanlovning Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan.

Maktabgacha taʼlim tashkilotida taʼlim-tarbiya jarayoni toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, har bir bolaning individual imkoniyatlarini, qobiliyatlarini, xohish-istaklarini, ehtiyojlarini hisobga olgan holda taʼlim hamda tarbiya berilmoqda.

Shuningdek, tarbiya maskanidagi mashgʻulotlar xorijiy mamlakatlar tajribasi, ilm-fan yutuqlarini oʻrgangan holda hamda ilgʻor pedagogik texnologiyalar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda tashkil qilinadi. Bu kabi samarali ishlar natijasida farzandlarimiz har tomonlama yetuk, barkamol, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadigan avlod boʻlib voyaga yetishlari shubhasiz.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026