02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 12:15
Jamiyat 👁 660

Aholini ichimlik suvi bilan taʼminlashda kelib chiqayotgan muammolarning sabablari va ularni bartaraf etish boʻyicha qilinayotgan ishlar haqida

Aholini ichimlik suvi bilan taʼminlashda kelib chiqayotgan muammolarning sabablari va ularni bartaraf etish boʻyicha qilinayotgan ishlar haqida

Soʻnggi yillarda aholi sonining tobora koʻpayib borayotgani, tabiiy iqlim sharoitining keskin oʻzgarishi dunyo mamlakatlari qatorida Oʻzbekistonda ham suv tanqisligi muammolarini keltirib chiqarmoqda. Suv taqchilligi, ayniqsa, mamlakatning choʻl va janubiy hududlari aholisini qiynab kelmoqda. Xususan, Qoraqalogʻiston Respublikasi tumanlarida suv yetishmovchiligi yaqqol namoyon boʻlmoqda. Respublikadagi koʻp sonli aholi istiqomat qiladigan tumanlardan biri Amudaryo tumani aholisi ham suv tanqisligidan aziyat chekmoqda.

Shu oʻrinda maʼlumot tariqasida aytish joizki, tumandagi 11 ming 180 ta xonadon markazlashgan ichimlik suvidan foydalanuvchi isteʼmolchilar boʻlib, shundan 1 ming 210 ta xonadon koʻcha kolonkasidan foydalanadi. Tumandagi jami 32,5 foiz aholi markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlangan. Aholini suv bilan taʼminlash uchun jami 323 km uzunlikdagi suv tarmoqlari mavjud boʻlib, shundan 194 km, yaʼni 60 foiz suv quvurlari eskirgan.

Bugungi kunda tumanda 6 ming 436 ta xonadonga, yaʼni aholining 19,5 foiziga ichimlik suvi maxsus avtotransportlar orqali yetkaziladi. 48 foiz aholi suvning muqobil manbalari, yaʼni, yer osti suvaridan foydalanishadi.

Tuman aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlashda kelib chiqayotgan muammolar qator omillarga bogʻliqdir. Xususan, tuman aholisiga ichimlik suvi yetkazib beruvchi asosiy suv manbai boʻlgan Mangʻit arna kanalini suv bilan taʼminlovchi Gurlan vetkasidan sekundiga 7,4 kuub metr suv limiti ajratilgan boʻlishiga qaramasdan, hozirgi kunda, 5-5,5 kub metr sekund tezlikda suv olinmoqda. Mavjud suv zahiralaridan unumli foydalanish maqsadida hozirgi kunda olinayotgan kunlik suv miqdori suv isteʼmolchilariga navbatma-navbat yetkazib berilmoqda.

Shuningdek, suv manbai Mangʻit arna kanaliga daryodan 32 km uzoqlikdan keladi va ushbu kanaldan shahar suv yetib kelgunicha tumanimizning ovul va mahallalarida istiqomat qiluvchi aholining tamorqa yerlari, fermer xoʻjaliklari ekin maydonlariga suv olinadi. Ayniqsa, ekin maydonlarini sugʻorish ishlari amalga oshiriladigan davrda Mangʻit arna kanalida suv keskin kamayadi hamda shu sababli aholiga ichimlik suvi yetkazib berishda uzilishlar kuzatilmoqda.

Suv taqchilligi muammosini yumshatish maqsadida masʼul korxona-tashkilotlar tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Qoraqalpoq suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli “Amudaryo tumani suv taʼminoti” korxonasi tomonidan ichimlik suvi yetib borishi qiyin boʻlgan Boʻston hamda Chordora mahallalariga 1 tadan suv qudugʻi qurib berildi.

Shu bilan birga, tumanda aholini tozalangan ichimlik suvi bilan taʼminlash boʻyicha ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, davlat dasturi asosida Oq oltin ovulida 37-suv taqsimlash inshooti rekonstruktsiya qilinib, 7,9 km uzunlikdagi suv tarmoqlari yangidan yotqizilmoqda. Natijada 258 ta xonadon markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanadi. Xitoy xamda Jumurtov ovullarida 4 ta suv tozalash shaxobchasi qurilish ishlari yakunlanish arafasida boʻlib, shoxobchalar ishga tushishi bilan 420 ta xonadon ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.

Bundan tashqari, Amir Temur nomli ovulda 1 ta suv taqsimlash inshooti hamda 11 km uzunlikda suv quvurlari tortilmoqda, shu orqali 240 ta xonadon markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanishi koʻzlangan. Yuqori qishloq mahallasida ham suv tozalash shoxobchasi qurilish ishlari boshlangan boʻlib, qurilish ishlari yakunlanishi bilan 120 ta xonadon ichimlik suvi bilan taʼminlanadi. 

Joriy yilning oʻzida tumanda 7 ta suv inshootlari hamda 18,9 km. uzunlikdagi suv tarmoqlari yangidan qurilib, foydalanishga topshirilishi natijasida 1 ming 38 ta xonadon ilk marotaba markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanishiga erishiladi.

Aytish joizki, tumanda ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari xisobidan 2020-2023-yillarda Qipchok ovuli xududiga yangi suv tozalash inshooti, Kuyuk koʻpir ovuli xududida yangidan suv taqsimlash inshooti qurilishi, Oʻrta qala, Doʻrman, Xolimbeg, Qilichboy ovullaridagi suv taqsimlash inshootlarini rekonstruktsiya qilish hamda tuman hududida 54,3 km magistral suv tarmogʻi, 236,5 km koʻcha suv tarmoqlari qurilishi ishlari rejalashtirilgan boʻlib, loyiha-smeta xujjatlari tayyorlanmoqda.

Bu ishlar oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilsa, tuman aholisining 80 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanishi koʻzda tutilgan.

Akbar Rajapov, “Qoraqalpoq suv taʼminoti” MChJ Amudaryo tumani filiali boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026