ULUFLIKKA YeTIŞGAN SURATÇI-MUXBIR
Atrofimizda odamlar köp: taniş, notaniş. Ularning çehralari ham turfa: istarali, issiq, muloyim, samimiy... intilişlari, orzu-niyatlari esa bir olam. Har kimning öz dunyosi, bu hayot böstonida öz örni bor.
Qariyb 30-yildirki, gazeta tahririyatida deyarli har kuni ana şunday turfa qiyofa, turfa xil xulq-atvorli insonlar bilan uçraşaman. Bunday uçraşuvlarning aksariyat qismi suratlarda, mangulikka muhrlangan surat-lavhalarda böladi.
Gazetaning 80 yillik yubileyi arafasida tahririyat arxivida saqlanayotgan, "Amudaryo haqiqati gazetasida 1965-2004-yillar davomida çop etilgan suratlar bilan tanişarkanman, tarixga aylangan har bir suratda umrining 40-yilini tahririyatda suratçi-muxbir vazifasini ado etişga bağişlagan zahmatkaş inson Safarboy ota Şomurodovning sinçkov nigohini his etdim.
Safarboy suratçi. Uni bilganlar (bilmaganlar juda kam edi)ning barçasi – yoş-u qari şunday ataşardi. Tumanimizning çekka-çekka ovullarida ijodiy safarlarda yurganida dehqonlar, ziyolilar, hatto maktab öquvçilari ham uni körişlari bilan quvonib ketişardi: "Safarboy suratçi”, - deya ehtirom körsatişardi.
Harbiy xizmatdan söng tuman madaniyat bölimida işlab yurgan Safarboy Şomurodovni 1965-yilning avgustida "Amudaryo haqiqati” gazetasi tahririyatiga çaqirişdi.
- Keçagiday esimda, - deydi Safarboy ota olis yillar xotiralarini xayolida jonlantirib, - gazetaning muharriri Sobir aka Yusupov meni samimiy kutib oldi. Gazeta işining öziga xos qiyinçiliklari haqida gapirib:
- Suratçi-muxbir bölib işlaşni uddalay olasanmi, inim? – deb söradilar.
Madaniyat bölimidagi işim ham yomon emasdi. Lekin men ijodiy işga qiziqardim. Ijodkor odam xalq orasida köproq bölişi kerak. Şu bois, men jon-jon deb rozi böldim. Lekin iş boşlagan kezlarim ança qiynalganman.
Suratçi-muxbirlikning öziga xos qiyinçiliklari, sinovlarida yillar aro toblangan Safarboy Şomurodov uçun gazeta muxbirligi hayotining eng aziz qismiga, taqdiriga aylandi. Şoirtabiat, kirişimli, öz navbatida sinçkov va samimiy, mulohazakor bölgan Safarboy Şomurodov nafaqat tahririyat ijodiy jamoasi, balki uni bilgan amudaryoliklar uçun hurmat va eʼtiborga munosib, barça uçun birday aziz döstga aylandi. Tumanimiz hayotiga doir tarixiy lahzalar, el nazaridagi olijanob insonlarning baxtiyor onlari Safarboy suratçining nazaridan çetda qolmadi. Özining 40 yillik suratçi-muxbirlik faoliyati davomida tumanimizning barça hududlarida uning qadami yetmagan joy qolmadi, hisob.
Safarboy Şomurodov fotoapparatini böyniga osib, qaysi xöjalik yoki korxonaga kirib borsa, hali u suratga olişni boşlamasidan mutasaddilar, masʼullar tipirçilab qolişganining guvohi bölganman. Uning taşrifidan söng qarovsiz qolgan texnikalar eʼtiborga olinardi, buzilgan köpriklar tuzatilardi, hatto öğirlangan ehtiyot qismlar joyiga qaytarilardi.
Suratçi-muxbirning ijodiy faoliyati gazeta dizaynida muhim örin tutadi. Safarboy suratçi gazetaning estetik jihatdan bezatilişi, rang-barang surat-lavhalar, reportajlar yoritilişida öz kasbini sadoqat bilan uddaladi. U faoliyat yuritgan davr suratçi-muxbirlar uçun nihoyatda qiyin, murakkab vaziyatlarda suratlar işlaş, bu suratlardan metall-klişelar tayyorlaşdek maşaqqatli işlarni bajarişga töğri kelardi. Suratlarning sifatli yoritilişi uçun javobgar bölgan suratçi-muxbir navbatçi-jurnalistlar to gazetaga "yoruğlikka ruxsat etiladi”, deb imzo qöymagunça tahririyat va bosmaxonada baʼzan yarim tungaça, baʼzan tonggaça qolib ketardi.
- Hozirgi suratçi-muxbirlarga havasim keladi,- deydi ustoz. – Özlari xohlaganday işlaşlari uçun ming xil imkoniyat, şaroit yetarli. Qanday yaxşi, tölib-toşib işlaydigan zamonlar keldi, qizim.
"Safarboy suratçi” nomi bilan tumanimiz xalqiga tanilgan otaxonning kasbini bugungi kunda katta öğli Mahmudjon Şomurodov davom ettirmoqda. Otaxon esa ayni kunda 80 yoşga töldilar. Umrining 40-yilini suratçi-muxbirlik faoliyatiga bağişlagan, tumanimizda fotojurnalistika sohasiga asos solgan va bu borada öziga xos maktab yaratgan ustoz jurnalistning xonadoni bugun döst-u qadrdonlar, şogirdlari taşrifidan yanada obod.
- Ming bor şukur, - deydi otaxon – yaxşi kunlarga yetdik. Şunday kunlarga yetişmoqning özi BAXT.
Jurnalistlik - halovatdan keçib yaşaş degani. Lekin xalq xizmatiga qayişib, ezgulik yölida huzur-halovatning bahridan ötib yaşaş ham uluğlik. Safarboy ota Şomurodov ana şunday uluğlikka yetgan inson. Zero, inson hayotining mazmuni ham, mohiyati ham şu el-yurt eʼtirofi emasmi, azizlar!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶