02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 08:32
Jamiyat 👁 462

KARANTIN QOIDALARIGA AMAL QILINIShI BOʻYIChA REYDLAR OʻTKAZILMOQDA

KARANTIN QOIDALARIGA AMAL QILINIShI BOʻYIChA REYDLAR OʻTKAZILMOQDA

Koronavirus infektsiyasi yanada keng tarqalishining oldini olish maqsadida barcha joylarda boʻlgani kabi Amudaryo tumanida ham karantin qoidalariga amal qilinishi nazoratga olinib, aniqlangan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrilmoqda. Dastlabki lavhamiz shu maqsadda tashkil qilingan reyd tadbirlari xususida.

Mamlakatimizda koronavirus infektsiyasi bilan zararlanganlar soni ortishi bilan joriy yilning aprel oyidan boshlab karantin qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish yanada kuchaytirildi. Bogʻcha va maktablarda kasallanish holati aniqlangan taqdirda, ularning faoliyatini zudlik bilan toʻxtashish va hamda karantinga olinishi, ushbu vaqt mobaynida ular onlayn tartibda faoliyat yuritishi belgilandi. Yirik savdo majmualari va bozorlarda, doʻkonlarda karantin qoidalariga qatʼiy amal qilinishi, jumladan, qoʻllarni antitseptik vositalari bilan zararsizlantirish, odamlarning tibbiy niqob taqishi, ijtimoiy masofa saqlashi qatʼiy nazorat qilinmoqda.

Amudaryo tumanida ham karantin qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish boʻyicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tuman IIB tomonidan nazorat tadbirlari tashkil qilinib, yoʻl qoʻyilayotgan qoidabuzarliklar aniqlanmoqda hamda tegishli jazo choralari qoʻllanilmoqda.

Xususan, joriy yilning 4-avgust kuni tumandagi Qipchoq shaharchasi hamda Beshtom mahallasida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalarida karantin qoidalariga rioya qilinishi boʻyicha reyd oʻtkazildi. Tuman ichki ishlar boʻlimining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi tomonidan olib borilgan tekshirishlar natijasida qator qoidabuzarliklar, karantin qoidalariga amal qilmaganlik holatlari aniqlandi. Hududlardagi soat 20:00dan keyin ish yuritayotgan umumiy ovqatlanish shoxobchalari egalariga tegishli jazo choralari qoʻllanildi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, ushbu kasallikka kurashishning eng birinchi sharti sanitariya-gigiyena qodalariga amal qilishdir. Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun qonunchiligimizda juda keskin javobgarliklar mavjud va endilikda ular yanada kuchaytirilmoqda.  

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 53-moddasida - Sanitariya qonun hujjatlarini, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzganda fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi koʻrsatilgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-moddasida - karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzganda fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi tegishli moddasi bilan sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish holati odamlarning ommaviy kasallanishiga olib kelsa, 11 mln 150 ming soʻmdan 22 mln 300 ming soʻmgacha miqdorda jarima solish yoki 5-yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 2-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1-yildan 3-yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shu oʻrinda yurtdoshlarimizdan oʻrnatilgan karantin qoidalariga amal qilishlarini, niqob taqishlarini, antiseptik vositalardan foydalanishlarini, ijtimoiy masofani saqlab, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishlarini soʻraymiz.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026