30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 07:33
Adabiyot 👁 2,720

Umrimdan lahzalar

Umrimdan lahzalar

Firibgarni fosh qilganim

Saʼdulla aka Xoʻjaniyozovning bir yaxshi odati bor edi. Tahririyatdan yordam soʻrab kelgan odamning aslo raʼyini qaytarmas, to oʻsha odam hayotiga oid muammoni hal etmaguncha tinchimasdi. Bir kuni (1995-yilning 14-aprel sanasi edi) xonamga bir yigitni boshlab kirdi va:

- Robiya, qizim Afgʻonistonda xizmat qilgan baynalmilal jangchilar haqida sen koʻproq maqolalar yozib yurasan. Murodjonga ozgina yordam bersang, juda qiynalib ketibdi, "Chogʻaroq koʻl”dagi chaylada yasharkan, - dedilar yonidagi jikkakkina yigitga ishora qilib.

Yigitning koʻrinishi aftoda edi. Rangida qon yoʻq, misoli kesakday, ozgʻin, salomlashish uchun uzatgan qoʻli qaltirab turardi. Kiyim-boshlari yupun, anchayingina salqin va yomgʻirli kunda oyogʻiga rezina shippak kiyib olgan.

- Afgʻonchimisiz? – soʻradim.

- Ha, ha. Mana hujjatlarim. – Stol ustiga bir toʻda qogʻozlarni uyib tashladi.

Saʼdulla aka bilan birgalikda uning hujjatlari bilan tanishib chiqdik. M.Oʻrozimbetovning qoʻlidagi barcha hujjatlar uning sobiq "afgʻonchi” jangchi ekanligini tasdiqlab turardi. Lekin hujjatlarining birontasining ham asl nusxasi yoʻqligi menda shubha uygʻotdi.

- Hujjatlarimni yaralanib, Vengriyadagi "Afgʻonistonga yordam” harbiy jarrohlik markazida yoʻqotib qoʻyganman, hamon tiklay olmayapman. Qayerga borsam menga ijtimoiy yordam koʻrsatish uchun hujjatlarimning asl nusxasini soʻrashadi. Axir koʻrib turibsiz-ku nogironman, - dedi yigʻlamsirab.

Achinib ketdim. Yigitga albatta yordam berishni aytib bor hujjatlarini olib qoldim. Ikki kun oʻtib, 1995-yilning 16-aprel kuni u yana keldi va "tezroq gazetada maqola chiqarsangiz yaxshi boʻlardi, Mangʻit shahrining "Chogʻaroq koʻl” mavzesidagi chaylamni yosh bolalar buzib tashlabdi”, - deb nolidi.

Qoʻlimdagi hujjatlar bilan yana bir marta tanishib chiqdim va sobiq baynalmilal jangchiga mahalla eʼtiborsizlik qilayotgani haqida maqola tayyorladim. Maqolani terishga berishdan oldin avval muharrir bilan, soʻng Saʼdulla aka bilan fikrlashib oldim. Negadir koʻnglim gʻash boʻlaverdi. Maqolani tortmamga tashladim-u tuman mudofaa ishlari boʻlimiga borib bu yigit haqida surishtirdim.

- U bolaning qoʻlidagi hujjatlari shubhali, - dedi proporshchik Ye.Yoʻldoshev. – Shoshilma, surishtirib koʻraylik.

Endirboy akaning maslahati bilan Murod Oʻrozimbetovga tegishli hujjatlarda koʻrsatilgan manzillarga tahririyat nomidan surishtiruv xatlari joʻnatdim. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻi K.Yeshimbetov, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari Vazirligining Markaziy arxivi boshligʻi A.Shevtsov, Samarqand viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻi Sh.N.Oʻrinboyev, 1-Samarqand shahar mehribonlik uyi maktab-internatidan hamda Vengriyaning Budapesht shahridagi "Afgʻonistonga yordam” harbiy jarrohlik markazi boshligʻi, harbiy podpolkovnik – shifokor Dentiz Vitich va Beruniy tuman prokurori S.Jumaniyozovlar imzosi bilan javob xatlari oldim. 1995 yilning iyun oyidan gazeta muharrirligiga tayinlangan Allambergan ogʻa Jumaniyozovga bir oy oldin tayyorlagan maqolam va qoʻlimdagi javob xatlarini koʻrsatdim. M.Oʻrozimbetovning menga taqdim etgan hujjatlarining barchasi yuz foiz qalbaki, M.Oʻrozimbetovning oʻzi esa firibgar va yolgʻonchi boʻlib chiqdi va hech qanday baynalmilal jangchi emasligi isbotlandi. U 1985-87  yillarda harbiy xizmatni Qozogʻiston Respublikasining Alma-ata shahrida oʻtaganligi, 1987-yilda Beruniy shahridagi oʻz uyidan chiqib ketgan va Beruniy tuman IIB tomonidan qidiruvdagi shaxs ekanligi maʼlum boʻldi. U 1987-1995-yillar davomida tumanimizda yashab yurib, koʻplab sodda insonlarning ishonchiga kirib, firibgarlik yoʻli bilan mahalladan, saxiy qalb insonlardan, tuman "Qizil yarim oy” jamiyatidan ijtimoiy yordamlar olgan. Hatto gulday bir qizning hayotini izdan chiqarib, unga uylanib olgan. Hech qanday nogiron ham boʻlmagan.

- Qarang-a, - dedik Saʼdulla aka bilan yoqamizga "tuf”lab. – Odam ham shunchalik yuzsiz boʻlarkan-a!

Shundan soʻng firibgar-yolgʻonchi Murod Oʻrozimbetov tumanimiz hududidan chiqarib yuborildi. Endi oʻylab qarasam, tumanimizda yashovchi qanchadan-qancha kam taʼminlangan oilalarga berilishi  mumkin boʻlgan kiyim-kechak, oziq-ovqat, maishiy buyumlar va pul mablagʻlarining huzurini 8-yil davomida bir jinoyatchi firibgar shaxs koʻrgan ekan-da.

Shu boʻldi-yu Saʼdulla aka bot-bot oʻsha voqeani eslab:

- Qizim, senam sodda, menam sodda ekanmiz-a, ahvolini koʻrib yuragimiz ezilib, - deb qoʻyadilar. 

Qanoatdan baxt topdik

Xonimjon Rajabovaning zimmasiga muharrirlik masʼuliyati yuklatilgan kezlar mustaqillikning ilk yillariga toʻgʻri kelgan. Boz ustiga tahririyatlar xoʻjalik hisobiga oʻtkazilgan, gazeta obunasini yuritish juda mushkul ishga aylangandi. Chunki xalqning eng katta tashvishi – roʻzgʻor tebratish uchun pul topishning oʻzi muammo edi. Shunday ogʻir sharoitda Xonimjon opa Rajabova mavjud vaziyatdan chiqib ishlash, gazetaning davriyligini saqlab qolish uchun oʻzini oʻtga-choʻqqa urdi. Ming bir mashaqqat bilan yoʻqni yoʻndirib Turkmaniston Respublikasining Toshhovuz shahar poligrafkombinatidan gazeta uchun qogʻoz olib kelgan kuni barchamiz quvonganmiz. Lekin sal oʻtmay, bu qogʻoz savdosi turkmanistonlik firibgarlarning oʻgʻirlik moli  ekanligi maʼlum boʻlib, tahririyat tomonidan oʻtkazilgan pul mablagʻi joyiga qaytarilib, qogʻoz qaytarib olib ketilgan lahzalarni eslasam, Xonimjon Rajabovaning gazeta taqdiri uchun oʻzini qanchalik azobga qoʻygani koʻz oldimdan ketmaydi.

Oʻshanda barchamiz qogʻoz uchun yoʻnaltirilgan mablagʻ qaytarilganiga quvonishni xayolimizga ham keltirmaganmiz. Aksincha, qogʻozdan ajralib qolganimiz uchun qiynalganmiz.

Iqtisoddagi avvalgi taʼminot tizimi izdan chiqqan oʻsha ogʻir yillarda ijodiy jamoamizni muharrir boshchiligidagi bir kuch birlashtirib turardi. Bu – odamgarchilik va qanoat tuygʻulari edi. Biz oylab maosh olaolmay, maosh olganda ham 25-30 kilo, oshib ketsa, bir qop un evaziga ishlab, gazeta chiqarardik. Ayniqsa, 1991-1993-94-yillarda oʻsha paytdagi tuman hokimi Bahrom Jumaniyozovning qoʻllab-quvvatlashi, tuman moliya boʻlimi mudiri Maqsud Samandarovning begʻaraz yordami bilan mehnat jamoalarida, tuman hokimligining katta majlislar xonasida "Seni ulugʻlayman, Mustaqil Oʻzbekiston!” shiori ostida pullik tadbirlar oʻtkazardik. Men ona xalqim oldida oʻsha sinovli yillarda sheʼr oʻqirdim, tuman madaniyat uyi sanʼatkorlari kontsert dasturlarini namoyish etishardi. Oʻsha yillari bizni chin dildan qoʻllab-quvvatlab turli jamoalar davrasida tadbirlarimizga oʻz kuy-qoʻshiqlari bilan  jon bagʻishlagan tuman madaniyat boʻlimi mudirasi (rahmatlik) Raʼno Rajabova rahbarligidagi sanʼatkorlar guruhiga nisbatan hamon qalbimda minnatdorlik hissi bilan yashayman.

- Judayam qanoatli boʻlgan ekanmiz-a! – deya eslaymiz oʻsha damlarni. Ish haqimizga yo 10 litr tozalanmagan oq yogʻ (aslida qop-qora) yoki bir-ikki kilo asal, gohida esa 40-50 kilo 2-nav un olib ham qanoatga farzand kabi yashayvergan ekanmiz. Oylab maoshsiz ishlab, gazetaning har yangi soni chiqqanida yangi koʻylak kiyganday quvonishardik. Biz bilardik – ortimizda bizdan ham qanoatliroq, sabrliroq, halol va mehnatkash xalq turardi. Xalq Mustaqillik gʻoyalari ruhida yashardi, har tong  ana shu munavvar va buyuk gʻoyalar magʻzidan kuch olib, mehnat maydonlariga oshiqardi. Gazeta – ana shu fidoyi xalqniki, hur va ozod soʻzini emin-erkin ifoda eta olishi uchun ulugʻ va tengsiz Minbar edi.

Men gazetaning ana shu – bevosita xalq  bilan birga kechadigan buyuk maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya maktabida shakllangan oʻz elimning oʻz QIZIGA aylanganimdan hamisha faxrlanaman. Tumanimizning qay ovuliga bormay, elimning quvonib: "oʻzimizning Robiya-ku!” – deyishlaridan qalbim yuksaladi. Ana shudir – mening baxtim, umrim mazmuni, beorom hayotimdan topgan mohiyatlarim!

Robiya YOʻLDOShEVA.
🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026