02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 10:48
Jamiyat 👁 333

XOTIRA XIYoBONIDA “YaNGI OʻZBEKISTONNI BIRGALIKDA QURAMIZ” ShIORI OSTIDA KATTA TADBIR OʻTKAZILDI

XOTIRA XIYoBONIDA “YaNGI OʻZBEKISTONNI BIRGALIKDA QURAMIZ” ShIORI OSTIDA KATTA TADBIR OʻTKAZILDI

Yurtimizda Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik bayramini munosib nishonlash uchun qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda. Bayram arafasida xalqimizga koʻtarinki kayfiyat, bayramona ruh bagʻishlash maqsadida barcha hududlarda turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan ham respublikamizning barcha hududlarida mustaqilligimizning oʻttiz yilligi hamda partiya gʻoyalari targʻibotiga bagʻishlangan “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida ommaviy tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.
Amudaryo tumanidagi Xotira xiyobonida ham “Yangi Oʻzbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostida katta tadbir oʻtkazildi.
20-avgust kuni Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi tuman Kengashi tomonidan taniqli sanʼatkorlarni jalb qilgan holda aholiga bayramona kayfiyat ulashish, O‘zLiDeP gʻoya va maqsadlarini aholi keng qatlami ongiga singdirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Muxtor Ibragimov, O‘zLiDeP Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi apparat rahbari Sharaf Oʻtemisov, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, partiya faollari, deputatlar ishtirok etishdi.


Soʻzga chiqqan masʼullar yurtimizda keyingi besh yilda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi bugun shaharlarimizda, uzoq qishloqlarimizda oʻz aksini topayotganini, Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan ushbu oʻzgarishlar jarayonlarida Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi ham oʻzining munosib ulushini qoʻshib, faol ishtirok etib kelayotganini alohida taʼkidlashdi.
Undan tashqari, mustaqillik tufayli erishilgan yutuqlar, yangilanayotgan Oʻzbekistonda “Xalq boy boʻlsa, davlat ham boy va qudratli boʻladi” tamoyilini hayotga joriy etish orqali aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, biznes yuritish shartlarini yengillashtirish, oilaviy tadbirkorlik va kasanachilik, hunarmandchilikni ragʻbatlantirish uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar borasida toʻlqinlanib gapirisharkan, tadbir ishtirokchilarini O‘zLiDeP bilan birga boʻlishga, yangi Oʻzbekistonni birgalikda qurishga chorlab qolishdi.
Ushbu tadbirda ishtirok etgan partiya faoli, Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Muqaddas Beknazarova hamda boshqalar soʻzga chiqib, oʻtgan besh yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi hayotida ham mislsiz oʻzgarishlarga boy boʻlganini eʼtirof etishdi. Shu yillar davomida qurilgan oʻnlab yangi ijtimoiy obʼektlar, soni tobora oshib borayotgan tadbirkorlik subʼektlari, zamonaviy va shinam uy-joylar, nafaqat amudaryoliklar, balki butun Qoraqalpogʻiston hayotidagi ulkan voqea – Amudaryo daryosi ustiga qurila boshlagan zamonaviy koʻprik, avtomobil va temir yoʻllarini cheksiz gʻurur, faxru-iftixor bilan tilga olishdi.
Tadbirda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi atributlari va shiorlari osib qoʻyilgan sahnada katta ekranda partiyaning faoliyatiga oid, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlarga bagʻishlangan videoroliklar namoyish etildi. Partiya shiorlari yozilgan pannolar, O`zLiDeP ramzi tushirilgan bayroqlar, sharlar, liboslar maydonga bayramona ruh bagʻishladi.
Tadbir mobaynida “Yangi Oʻzbekistonni birgalikda quramiz”, “Yangi Oʻzbekiston: birgalikda yuksalish  sari”, “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiorlari baralla yangradi.
Ochiq maydonda oʻtkazilgan tadbirda tuman Madaniyat boʻlimi havaskorlari tomonidan namoyish etilgan musiqiy dastur, sanʼatkorlar ijrosidagi Vatan madhiga bagʻishlangan qoʻshiqlar, dilrabo raqslar tuman aholisini yanada xushnud etdi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026