29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 15:43
Fan va taʼlim 👁 594

YaNGI OʻQUV YILI OLDIDAN RESPUBLIKA OʻQUV-AMALIY SEMINARI OʻTKAZILDI

YaNGI OʻQUV YILI OLDIDAN RESPUBLIKA OʻQUV-AMALIY SEMINARI OʻTKAZILDI

Shu kunlarda mamlakatimizdagi barcha taʼlim-tarbiya muassasalarida yangi 2021-2022 oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlari nihoyasiga yetkazilib, boshlanajak yangi oʻquv yilida taʼlim tizimida kutilayotgan yangiliklar, innovatsion pedtexnologik loyihalar, jahon andozalariga mutanosib yangi uslubiy tajribalar va ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan oʻquv-seminar mashgʻulotlari va amaliy-oʻquv tajriba almashuv seminarlari boʻlib oʻtmoqda.
Joriy yilning 24-avgust sanasida tumanimizdagi 55-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan amaliy-oʻquv seminari ham taʼlim-tarbiya sohasida roʻy berayotgan yangiliklar, soha mutaxassislarining yangi tajribalariga bagʻishlandi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi Vazirligi tomonidan 2020-2021 oʻquv yili davomida taʼlim sifatini va pedagog kadrlarning salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasi hamda 2021-2022 oʻquv yilida “Taʼlim sifatini oshirish va samaradorlikka erishish” mavzusida oʻtkazilgan mazkur Respublika amaliy-oʻquv seminarida Amudaryo, Taxiatosh, Nukus tumanlari hamda Nukus shahar xalq taʼlimi boʻlimlarining taʼlim sifatini monitoring qilish boʻlimi xodimlari, Xalqaro baholash dasturlari boʻyicha tanyanch maktablarining oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari hamda umumtaʼlim maktablarining direktor oʻrinbosarlari ishtirok etdilar.


Zamonaviy innovatsion pedtexnologiyalarni ommalashtirish tajribasi va oʻqituvchilar bilan ishlashishda ular tomonidan tavsiya etilayotgan yangicha uslub va tajribalarni amaliyotga keng joriy etish maqsadida tashkil etilgan amaliy-oʻquv seminarini tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Akmal Ismoilov ochdi va pandemiya sharoitida oʻtgan 2020-2021 oʻquv yili yakunlari hamda boshlanayotgan 2021-2022 yangi oʻquv yilida sohada kutilayotgan yangiliklar, tuman XTB tomonidan rejalashtirilayotgan amaliy tadbirlar xususida batafsil toʻxtalib oʻtdi. Shundan soʻng, kun tartibidagi “Pedagog kadrlarning salohiyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar” va “Umumtaʼlim maktablarining maktab reyting jarayoniga qatnashishning ahamiyati va undagi vazifalar” xususida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi Vazirligining taʼlim sifatini monitoring qilish boʻlimi boshligʻi Hamidulla Begdullayev, “Xalqaro baholash dasturlari doirasida amalga oshirilgan ishlar va tayanch maktablar oldida turgan vazifalar” toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi Vazirligining taʼlim sifatini monitoring qilish boʻlimi bosh mutaxassisi Raxat Yerjanov, umumtaʼlim maktablarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi va “Xalq taʼlimi xodimlariga ustama haq belgilashda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar yuritish toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi Vazirligining taʼlim sifatini monitoring qilish boʻlimi bosh mutaxassisi Rustam Uzaqbergenovlar qiziqarli maʼruzalar qildilar.


Amaliy-oʻquv seminari jarayonida malakali mutaxassislar tomonidan oʻqilgan maʼruzalar, berilgan taklif va tavsiyalar ishtirokchilarda taassurot va qiziqish uygʻotdi va maʼruzalar yuzasidan muzokaralarda faol ishtirok etishib, oʻzlarini qiziqtirgan mavzular boʻyicha savollar bilan murojaat qildilar.
Seminar ishtiroklari tomonidan tushgan savollarga masʼul mutaxassislar batafsil javoblar berdilar.
Boʻlib oʻtgan amaliy-oʻquv seminari 2021-2022 yangi oʻquv yilini boshlash arafasida turgan umumtaʼlim maktablarining mutasaddilari va soha mutaxassislari uchun tajriba almashuv muhitini yaratgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026