29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 15:42
Fan va taʼlim 👁 450

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Qahramon Sariyev tumanimizdagi 56-maktabga tashrif buyurdi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Qahramon Sariyev tumanimizdagi 56-maktabga tashrif buyurdi

Bugungi kunda mamlakatimizda taʼlim tizimi tubdan isloh qilinib, taʼlim sifatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda, soha rivoji uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar natijasida yoshlarning bilim olishga boʻlgan qiziqishi tobora ortib bormoqda. Maktab bitiruvchilarini oliy taʼlimga qamrab olish koʻrsatkichi yildan yilga ortayotganligi, yoshlarimizning ilm-fan sirlarini egallashga boʻlgan intilishlarining kuchayib borayotganligi fikrimizning isbotidir.

Amudaryo tumanida 2020-2021-yilgi oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarini tamomlagan bitiruvchilarining oliy  oʻquv yurtlariga oʻqishga kirish koʻrsatkichi yanada ortdi. Tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 56-sonli umumtaʼlim maktabi bu borada eng ilgʻor taʼlim maskanlaridan hisoblanadi. Xususan, 2020-2021 oʻquv yilida maktabning 11-sinfini jami 77 nafar bitiruvchi tamomlagan boʻlib, shundan 55 nafari, yaʼni 71,2 foizi OTMga qabul qilindi. Maktabning Texnologiya fani yoʻnalishidagi 11-“B” variativ sinfining 25 nafar bitiruvchilaridan barchasi, yaʼni 100 foizi OTMga oʻqishga kirdi. Bunday yuqori natijalarni qoʻlga kiritishda maktab maʼmuriyati hamda oʻqituvchilarning hissasi beqiyos, albatta.

Joriy yilning 6-sentyabr sanasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Qahramon Sariyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Rustem Reimov, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev hamda tegishli masʼullar 56-sonli maktabdagi “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbiriga tashrif buyurdilar. Tashrif chogʻida mutasaddilar maktab maʼmuriyati hamda oʻqituvchilarini tumanda taʼlim-tarbiya tizimini rivojlantirishga qoʻshayotgan tengsiz hissalari uchun minnatdorchilik bildirdilar hamda maktab bitituvchilarining oliy taʼlimga oʻqishga kirishda erishgan yuqori natijalari bilan qizgʻin tabrikladilar. Tadbir mobaynida maktabning qator ilgʻor oʻqituvchilari oʻz kasbiga masʼuliyat bilan yondashayotganliklari,        yoshlarga sifatli taʼlim-tarbiya berib, ularning qobiliyat va imkoniyatlariga qarab toʻgʻri yoʻnalish berayotganliklari, shu orqali mamlakatimizda taʼlim sohasi rivojiga qoʻshayotgan hissalari uchun qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Tadbir mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Qahramon Sariyev 56-maktab direktori Orzigul Xudayberganovaga, maktabning Texnologiya fani yoʻnalishidagi variyativ sinflarining sinf rahbarlari Azimboy Saparboyev hamda Xushnud Charshamovlarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni va qimmatbaho sovgʻalarni topshirdi.

Aytish kerakki, 2020-2021-oʻquv yilida maktabning Texnologiya fani yoʻnalishidagi 11-“B” variativ sinfnining 25 nafar bitiruvchilarining 100 foizi, 11-“V” variativ sinfning 25 nafar bitiruvchilarining 22 nafari, yaʼni 88 foizi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan.

Maktab bitiruvchilarining Oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirish koʻrsatkichlari yildan yilga ortib bormoqda. Xususan, 2018-2019-oʻquv yilida maktabning 11-sinfini tamomlagan 33 nafar bitiruvchidan 7 nafari, yaʼni 20 foizi OTMga oʻqishga kirgan boʻlsa, maktabda 2019-2020 oʻquv yilida 10-11-sinflarda Texnologiya yoʻnalishi boʻyicha variativ sinflar tashkil etilishi hisobiga bu koʻrsatgich 44,7 foizni tashkil etgan. Variativ sinflardagi bitiruvchilarning 88 foizi Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan.

Tadbir mobaynida mutasaddilar maktab kutubxonasiga koʻplab badiiy, ilmiy adabiyotlar sovgʻa qildilar hamda maktabning 1-sinf oʻquvchilariga oʻquv qurollari jamlanmalarini topshirdilar. Masʼullar maktab jamoasining kelgusida yangi marralarni egallashlarida muvaffaqiyatlar tiladilar. Shundan soʻng “birinchi qoʻngʻiroq” chalinib, yangi oʻquv yili boshlab yuborildi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026