Amudaryo tumani bu
Oʻzbekiston deb atalgan Vatanda jannatmakon,
Mehnati-la eʼzoz topgan Amudaryo tumani bu.
Oʻgʻillari birin-biri botirim, deb atagan,
Qipchoq, Qangli, jam boʻlgan Amudaryo tumani bu.
Baland-baland karvonlarga sarbondir oʻgʻlonlari,
Gʻallakorlik ilmida naq Aflotun dehqonlari.
El dasturin, tartibin sevib qolar mehmonlari,
Sogʻlom tizim ishlab turgan Amudaryo tumani bu.
Bu tumanda xiyonat yoʻq gʻalla-yu paxtaga ham,
Oilalar farovon, xiyonat yoʻq chorvaga ham.
Odamlari tejamkor, xiyonat yoʻq daryoga ham.
Farovonlik diyori – Amudaryo tumani bu.
Yaxshilik koʻrdim bunda, yomonni koʻrganim yoʻq.
Haqiqatga oshno el bu, yolgʻonni koʻrganim yoʻq.
Sen-u menga borganni, boʻxtonni koʻrganim yoʻq.
Yolgʻon-tuhmati yoʻq Amudaryo tumani bu.
Jamoliga koʻz tegmasin hamda alp kamoliga,
Har yilgidek sarbon boʻlsin Vatanning karvoniga.
Boshim egib rahmat, deyman shundayin aholiga,
El ogʻasin el suyar Amudaryo tumani bu.
Sh.Qutlimuratov,
tuman IIB qonunbuzarlikning oldini olish guruhi MTP profilaktika noziri, militsiya kapitani.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶