02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 10:48
Jamiyat 👁 326

Gulzor mahallasi hududida 27 mlrd soʻmlik 5 ta koʻp qavatli uy-joylar qurilmoqda

Gulzor mahallasi hududida 27 mlrd soʻmlik 5 ta koʻp qavatli uy-joylar qurilmoqda

Bugungi kunda tumanimizda katta qurilish hamda bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, tumanimiz shahar-u qishloqlari, koʻchalari koʻrkiga koʻrk qoʻshilmoqda hamda ular zamonaviy qiyofa kasb etmoqda. Insonlarning turmush tarzini yaxshilash borasidagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari kishi koʻzini quvontiradi.

Maʼlumot tariqasida keltirish joizki, tuman hududida 2021-yilda jami 112 ta obʼektda loyiha qiymati 87 mlrd 591,4 mln soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunda barcha obʼektlarning tender savdolari oʻtkazilib, qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Xususan, aholini uy-joy bilan taʼminlash borasida Gulzor mahallasi hududida qiymati 27 mlrd 260 mln. soʻmlik jami 5 ta 5 qavatli, har biri 30 xonadonga moʻljallangan koʻp qavatli uy-joylar qurilmoqda. Shundan 3 tasi “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi buyurtmachiligida, 2 tasi tadbirkorlar hisobidan jami 150 xonadonga moʻljallangan uy-joylarni qurish boʻyicha pudratchi tashkilotlar tomonidan fundament ishlari olib borilmoqda.

“Amudaryo maxsus-qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati tumanimizda qurilish ishlarini jadal surʼatlarda amalga oshirishda eng ilgʻor pudratchi tashkilotlardan biri hisoblanadi. Mazkur puratchi tashkilot 2009-yilda tashkil etilgan boʻlib, tashkilot tomonidan hozirgi kunga qadar qator yirik qurilish ishlari amalga oshirilgan. Jamiyatda hozirda 46 nafar doimiy ishchilar faoliyat olib bormoqda. Shundan 7 nafar haydovchi, 3 nafar elektro-payvandchi, 2 nafar santexnik, shuningdek, ombor mudiri, hisobchi, muhandis, mexanik, usta quruvchilar kabi ishchilar qurilish va bunyodkorlik ishlarida qatnashib kelmoqdalar.

Ayni paytda pudratchi tashkilot tomonidan Boʻston mahallasi Qipchoq koʻchasidagi zamonaviy koʻp qavatli turar joy binosining qurilish ishlari qizgʻin pallaga kirgan. Loyiha smeta qiymati 7 mlrd 859 mln soʻm boʻlgan mazkur qurilish obektida gʻisht terish ishlari yakunlanib, tom qismi yopilgan, yana bir qanotda gʻisht terish ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda. 5 qavatli 48 xonadonga moʻljallangan binoning 1-qavatida 12 ta doʻkonlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Hozirda 15 nafar yollanma ishchilar qurilish ishlarini oʻz vaqtida yakunlash uchun tinimsiz mehnat qilmoqdalar. Koʻp qavatli turar joy binosining qurilish ishlari 2022-yilning mart oylarida yakunlanishi hamda binoni Navroʻz bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, “Amudaryo maxsus-qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Gulzor mahallasida yangi tartibdagi 5 qavatga moʻljallangan koʻp xonali turar joy binosining qurilish ishlari ham amalga oshirilmoqda. Loyiha smeta qiymati 5 mlrd 557 mln soʻm boʻlib, shundan 2 mlrd. 200 mln soʻm kredit mablagʻi hisobidan, qolgan qismi tadbirkorning oʻz mablagʻi hisobidan amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda 30 xonadonga moʻljallangan ushbu koʻp xonali uy-joy binosining 1-qavatida gʻisht terish ishlari olib borilmoqda. Qurilish ishlariga jami 22 nafar gʻisht teruvchi ustalar jalb qilingan. Quruvchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan boʻlib, usta-quruvchilarga 2 mahal issiq ovqat beriladi. Mazkur koʻp xonali turar-joy binosi 2022-yilning aprel oylarida qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda.

Aytish kerakki, bu kabi qurilish va bunyodkorlik ishlari natijasida aholi turmush tarzi, yashash sharoitlari tobora yaxshilanib, insonlarning uy-joy bilan bogʻliq boʻlgan muammolari bartaraf qilinishiga xizmat qiladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026