02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 07:18
Jamiyat 👁 165

HAYDOVChILIK KURSIDA OʻQIYoTGAN 50 NAFAR YoShGA TOʻLOV MABLAGʻINING 75 FOIZI QOPLAB BERILDI

HAYDOVChILIK KURSIDA OʻQIYoTGAN 50 NAFAR YoShGA TOʻLOV MABLAGʻINING 75 FOIZI QOPLAB BERILDI

Yurtimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning hayotdan oʻz oʻrinlarini topishlariga yaqindan koʻmak berish maqsadida turli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi samaradorlikni oshirish maqsadida Prezident Farmonlari, hukumat qarorlari qabul qilinib, ijrosi taʼminlanishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-aprel kungi qarori ham shular jumlasidandir. Mazkur qaror bilan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlik, kasb-hunar, haydovchilik va qayta tayyorlov kurslarida oʻqitish xarajatlarining 75 foizigacha qismi “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab berilishi belgilab qoʻyilgan. Shunga koʻra roʻyxatdagi yoshlarning tadbirkorlikka oʻqitish xarajatlari bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ortiq boʻlmagan qismi, kasb-hunarga va haydovchilik kurslarida oʻqitish uchun sarflangan xarajatlarning bir oydan ikki oygacha, ikki oydan ortiq muddatli oʻquv kurslari uchun tegishli miqdori qoplab beriladi.

Amudaryo tumanida ham mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar oʻquv kurslariga jalb etilib, turli kasb-hunarga oʻqitilmoqda. Oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda isteʼmol kreditlari ajratilishiga koʻmaklashilmoqda. Uyushmagan yoshlarning maʼnaviy dunyoqarashini shakllantirish, shu jumladan ularni xorijiy tillar, kompyuter savodxonligi, sport, madaniyat va kitobxonlik toʻgaraklariga jalb qilish choralari koʻrilmoqda.

Hozirgi kunda tumandagi Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan tashkil etilgan oʻquv kurslarida haydovchilik guvohnomasini olishga oʻqiyotgan 50 nafar yoshlar uchun toʻlov mablagʻining 75 foizi, yaʼni 78 mln. 750 ming soʻm mablagʻ Hukumatning 2021-yil 11-martdagi “Yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrsida”gi qarori asosida “Yoshlar jamgʻarmasi” hisobidan qoplab berilmoqda. 

Oʻquv-sport texnika klubida “V” va “VS” toifali haydovchilar tayyorlash, 30 soatlik qayta tayyorlash boʻyicha faoliyat tashkil etilgan. Klub oʻquv xonalari zamonaviy oʻqitish vositalari, kompyuterlar, interaktiv doskalar bilan jihozlangan. Mashgʻulotlar 4 nafar oliy maʼlumotli mutaxassis oʻqituvchilar tomonidan olib boriladi.

Amaliy boshqarishni oʻrgatish uchun tashkilotda 3 ta neksiya, kobalt, 4 ta spark, 3 ta matiz, 2 ta damas, 4 ta GAZ 52, 1 ta GAZ 53 va “Isuzu” rusumli avtomobillar mavjud. Ushbu texnikalar yordamida amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Oʻquv-sport texnika klubida mehnat bozorida talab katta boʻlayotgan avtoelektrik, gaz va elektr payvandchisi, akkumulyatorchi, dvigatellarni taʼmirlovchi usta va traktorchi yoʻnalishlari boʻyicha kurslar tashkil etish maqsadida xonalar zarur vositalar bilan jihozlandi.

Haydovchilik guvohnomasini olishga oʻqiyotgan yoshlar oʻzlarining kasb egallashlariga koʻmaklashgan, toʻlov mablagʻining 75 foizini “Yoshlar jamgʻarmasi” hisobidan qoplab bergan davlatimizga, masʼullarga katta minnatdorchilik bildirishdi.

O. Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026