02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 10:48
Jamiyat 👁 397

TUMAN DAVLAT ARXIVIDA MILLIY ARXIV FONDIGA DOIR HUJJATLAR TOʻPLANMOQDA

TUMAN DAVLAT ARXIVIDA MILLIY ARXIV FONDIGA DOIR HUJJATLAR TOʻPLANMOQDA

Mamlakatimizda davlatimiz tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlar va sharoitlar natijasida arxiv hujjatlarini qamrab olish imkoniyati kengaytirilib, davlat arxivlarida saqlanayotgan hujjatlarning soni ortmoqda. Tizimning moddiy-texnik bazasi ham bosqichma-bosqich rivojlantirilmoqda. Davlat arxivlari barcha sharoitlar bilan taʼminlanib, internet tarmogʻi mavjud zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlanmoqda.

Bugungi kunda «Oʻzarxiv» agentligi tizimida hujjat ayirboshlash elektron hujjat aylanishi tizimi orqali yuritilib, saqlanayotgan axborot resurslari boʻyicha elektron bazalarni yaratish, hujjatlarini raqamlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Amudaryo tumani Davlat arxivida ham aholining moddiy va maʼnaviy hayotini aks ettirgan, tarixiy-ilmiy va madaniy ahamiyatga ega boʻlgan milliy arxiv fondi hujjatlarini toʻplash ishlariga alohida eʼtibor qaratilib, boyitib borilmoqda. Arxiv fondida 2006-yildan 2021-yilning hozirgi davriga qadar sovet va mustaqillik davrlariga tegishli 220 ta fond va ularda milliy arxiv fondi tarkibga kiruvchi doimiy saqlanadigan 20 min 417 ta hujjatlar, shaxsiy tarkibga oid 14 ming 606 ta, jami 35 ming 23  hujjatlar saqlanmoqda.

Mazkur yilda reja doirasida milliy arxiv fondidagi hujjatlarning saqlovini taʼminlash boʻyicha 60 ta hujjatlarda taʼmirlash, 75 ta hujjatlarda muqovalash va tikish ishlari olib borildi. Arxiv ishi, davlat saqlovidagi arxiv hujjatlarini saqlanish holati, arxiv muassasalarida zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, moddiy-texnika bazasini yaxshilash boʻyicha 2021-yilning oʻtgan davrida bitta zamonaviy kompyuter, bir dona qogʻoz shaklidagi hujjatlarni raqamlashtirib, elektron hujjatga aylantiruvchi uskuna xarid qilindi. Ushbu texnologiyalar yordamida 2021-yilning shu davriga qadar milliy arxiv fondi hujjatlaridan 10 ming 500 ta kadr elektron nusxa yaratildi.

Milliy arxiv fondi hujjatlarining davlat hisobi ilmiy maʼlumotlar apparatini tashkil etish va rivojlantirish, fondlar va hujjatlarni qabul qilish boʻyicha 2021-yilning oʻtgan davri davomida  doimiy va shaxsiy tarkibga oid 7 fondga 1232 ta hujjat qabul qilindi. Davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlarning mavjudligini va xatlovini tashkil qilish boʻyicha 2021-yilning oʻtgan davri davomida 700 dan ortiq hujjatlarning mavjudligi tekshirildi.

Undan tashqari, shu paytga qadar tuman Davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlar doirasi fuqarolarning ijtimoiy huquqiy va mavzuli soʻrovlaridan jami 2081 ta murojatlar kelib tushdi. Shulardan 2056 ta murojaat koʻrib chiqildi va barchasiga ijobiy javoblar berildi, tushuntirish ishlari olib borildi. Murojaatlar tahlil qilinganida, mavzuli soʻrovlardan jami 564 ta tushganligi aniqlandi va barchasiga tegishli javoblar qaytarildi.

Amudaryo tumani Davlat arxivi hisobiga 2021-yilning shu kuniga  qadar pullik koʻrsatiladigan  xizmatlar boʻyicha hujjatlarni tartibga keltirish, arxiv sohasiga oid normativ hujjatlarni tayyorlash, hujjatlarni depozitar saqlovga qabul qilish, mavzuli soʻrovlar va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha 75 mln. soʻm mablagʻ kiritildi. Ushbu mablagʻlar sohaning asosiy yoʻnalishlariga sarf qilinib kelinmoqda.

Arxivlarda oʻtgan davrga tegishli boʻlgan ijtimoiy-siyosiy va shaxsiy tarkibga oid hujjatlar saqlanadi. Ushbu hujjatlar, ayniqsa, uzoq yillardan beri saqlanayotganlari namlik va harorat uzluksiz nazoratda boʻlgan shinam xonalarda saqlanishi kerak. Shu bois, tuman Davlat arxivi zamonaviy va barcha imkoniyatlarga ega boʻlgan binoda joylashtirilgan. Yetarlicha sharoitda xizmat qilayotgan tuman Davlat arxivining kelgusi yilgi rejalariga arxivda saqlanyotgan hujjatlarni mobil stellajlar bilan taʼminlash, kadrlar malakasini oshirish, barcha hujjatlarning elektron tarzidagi nusxalarini yaratib borish kabilar kiritilgan.

B. Jumaniyozov, tuman Davlat arxivi direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026