SAYYoR SUDDA HUQUQBUZARLARGA QONUNIY ChORA KOʻRILDI
Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi tomonidan Olmazor mahallasida ochiq sayyor sud majlisi oʻtkazildi. Ochiq sayyor sud majlisida tuman Davlat soliq inspektsiyasi tomonidan kelib tushgan 2 nafar huququzarlarga nisbatan toʻplangan maʼmuriy ish hujjatlari koʻrib chiqildi.
Sudda MJtKning 175-moddasi 1-qismi (soliq solinadigan boshqa obʼektlarning hisobini olib bormaslik yoxud bunday hisobni belgilangan tartibni buzgan holda olib borish) degan talablarini buzganlik boʻyicha toʻplangan ish, kamchiliklar bartaraf qilinganligi sababli harakatdan tugatildi. Shuningdek, tuman Sanitariya epidemiologik-osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tomonidan taqdim etilgan, sanitariya qonunchiligi, normalari, qoidalari va gigiyena normativlarini buzib, huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarga doir toʻplangan ish materiallari ham ushbu ochiq sayyor sud majlisida koʻrib chiqildi va huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy choralar koʻrildi.
Shu kungi yigʻilishda mahalla faollari va keng jamoatchilikka yaqinlashib kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazish tartibi hamda saylov qonunchiligi boʻyicha tushunchalar berildi.
J.Urazboyev, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶