KEKSALAR IShTIROKIDA SALOMATLIK TADBIRLARI OʻTKAZILDI
“Keksalar haftaligi” munosabati bilan tuman Tibbiyot birlashmasi shifokorlari keksa avlod vakillari ishtirokida salomatlik tadbirlarini tashkil etishdi.
6-oktyabr kuni Markaziy oʻyingohda boʻlib oʻtgan tadbirda Boʻston, Olmazor mahallalarining 60 yosh va undan katta fuqarolari qatnashishdi. “Jismoniy faollik – sogʻlom keksalik”, “Keksalarda toʻgʻri va sogʻlom ovqatlanish”, “Semizlikda jismoniy mashqlar”, “Gipertoniya kasalligi”, “Oʻtkir respirator kasalliklar va gripp”, “Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining oldini olish” mavzularida maʼruzalar qilinib, bukletlar tarqatildi. Shuningdek, faol yurish, ertalabki badan tarbiya mashgʻulotlari hamda trenajyorlarda mashq bajarishning inson salomatligini mustahkamlashda kasalliklarining oldini olishdagi ahamiyati toʻgʻrisida tushunchalar berildi.
Tadbir davomida nuroniylarni qiziqtirgan salomatlikni saqlash, kasalliklardan himoya qilinish borasidagi savollarga shifokorlar batafsil javoblar berishdi. Shundan soʻng, birgalikda jismoniy mashqlar bajarildi.
J.Yavkashev, tuman Tibbiyot birlashmasi valeolog-shifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶