ILGʻOR TAJRIBALAR OʻRGANILDI
“Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini ishlab chiqishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa statistiklari konferentsiyasining aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish boʻyicha asosiy tamoyillari va tavsiyalaridan asos sifatida foydalanildi. Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi, Osiyo va Yevropa mamlakatlari, jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Ukraina, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Janubiy Koreya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, AQSh, Kanada va boshqa davlatlarning ushbu sohadagi tajribalari oʻrganilib, qonun loyihasini ishlab chiqishda foydalanildi.
Qonun beshta bob va oʻttiz bir moddadan iborat boʻlib, unda qonunning maqsadi, asosiy tushunchalar, aholini roʻyxatga olishning vazifalari va printsiplari yoritib berilgan. Asosiy printsiplardan biri sifatida davriylik printsipi, yaʼni aholini roʻyxatga olish oʻn yilda kamida bir marta oʻtkazilishi hamda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinishi belgilab qoʻyilgan. Aholini roʻyxatga olish jarayonida shaxsga doir maʼlumotlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga olish varaqlari asosida har bir respondent uchun yakka tartibda toʻldiriladi. Yaʼni roʻyxatga oluvchi shaxslar tomonidan uyma-uy yurib, har bir respondent uchun alohida toʻldiriladi.
Amudaryo tumani statistika boʻlimi yetakchi mutaxassisi Sh.Ibodullayev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶