Yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbir oʻtkazildi
Amudaryo tumani adliya boʻlimi tumandagi davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, yangidan qabul qilinayotgan normativ huquqiy hujjatlarni keng aholi qatlamiga yetkazish, ularning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida targʻibot tadbirlari amalga oshirib kelmoqda.
Joriy yilning 29-sentyabr kuni tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi Jamshid Bekimbetov hamda “Madad” nodavlat-notijorat tashkiloti Amudaryo tumani huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi Nilufar Jumaniyazovalar tomonidan tumandagi 38-sonli umumtaʼlim maktabida yoshlarning huquqiy ongini oshirish, ularni yangidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirish, diniy ekstremizim va terorizimga qarshi kurashish va mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yoshlarni tanishtirish maqsadida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida yoshlarga Oʻzbekiston Respublikasining “Ekstremizimga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi, “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunlari, korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Prezident farmon va qarorlari, diniy ekstremizm va terrorizmning jamiyat taraqqiyotiga tahdidi, unga qarshi kurashish yuzasidan keng qamrovli tushunchalar berildi.
Tadbirda diniy ekstremizm va terrorizm insonlarning ertangi kuniga boʻlgan ishonchiga putur yetkazibgina qolmay, balki xalqaro maydondagi muammolarni, jumladan, turli eʼtiqod vakillari boʻlgan xalqlar orasidagi oʻzaro ishonchga soya solib, jahon taraqqiyotining xalqaro iqtisodiy va madaniy hamkorlikning rivojiga toʻsiq boʻlayotganligi taʼkidlandi.
Tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar. Tadbir soʻngida yoshlarga korruptsiyaning jamiyat tarraqiyotiga salbiy oqibatlari videorolik orqali namoyish qilindi.
J.Bekimbetov, Amudaryo tumani adliya boʻlimi bosh maslahatchisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶