02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 05:58
Jamiyat 👁 337

“KEKSALAR HAFTALIGI” DOIRASIDA SPORT MUSOBAQALARI OʻTKAZILDI

“KEKSALAR HAFTALIGI” DOIRASIDA SPORT MUSOBAQALARI OʻTKAZILDI

Amudaryo tumanida “Keksalar haftaligi” doirasida 8-oktyabr kuni tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, tuman Turizm va sport boʻlimi, tuman “Mahalla” hayriya jamoat fondi, Milliy gvardiya huzuridagi qoʻriqlash boʻlimi bilan hamkorlikda tuman miqyosida sport tadbirlari tashkil etildi. Tadbirda shaxmat-shashka boʻyicha keksalar oʻrtasida, “Aql charxi” turniri, “Keksalar zavqi” sport musobaqalari doirasida sportning shaxmat, shashka, mini-futbol, stol tennisi va boshqa turlari boʻyicha musobaqalar, “Salomatlik sari 5000 qadam” shiori ostida piyoda yurish tadbirlari tashkil qilindi. Tadbirda tumandagi 100 dan ziyod nuroniylar, faxriylar va keksa avlod vakillari faol ishtirok etdilar.

Amudaryo tuman Nuroniylar jamoatchilik Kengashi raisi oʻrinbosari Bekman Allaberganov tadbirni ochib berdi va keksa avlod vakillarining jamiyatdagi oʻrni gʻoyat muhimligini va hayotiy tajribalari yoshlarga oʻrnak boʻlishini taʼkidlab oʻtdi. Tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Bahodir Boltaboyev keksalik gashtini surayotgan otaxon va onaxonlarga “Keksalar haftaligi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida va bunday tadbirlar koʻplab tashkil qilinishini, albatta, bunda nuroniylarning ishtiroki muhimligini  alohida qayd etdi. Turizm va sport boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Qurbonboyev esa tadbir davomida boʻlib oʻtadigan sport turlari va tartibi bilan tanishtirib, ishtirokchilarga bugungi musobaqalarda omad tiladi.

Musobaqalar Nukus Davlat Pedagogika Instituti huzuridagi iqtidorli bolalar maktabida boʻlib oʻtdi, ishtirokchilar “Salomatlik sari 5000 qadam” shiori ostida musobaqalar oʻtkaziladigan inshootga olib boruvchi yoʻlni piyoda bosib oʻtdilar.

Tadbir yangicha uslubda, yaʼni, Street workout - turnikda tortilish va mashqlar bajarish boʻyicha musobaqa bilan boshlandi. Musobaqada 3-oʻrinni Qizilcholi mahallasidan Jumaboy Matvafoyev, 2-oʻrinni Oybek mahallasidan Yalgʻash Matmuratov, faxrli 1-oʻrinni Qizilcholi mahallasidan Ibragim Yusupovlar egallashdi.

Sport tadbirlari davomida ishtirokchilarning faolligini oshirish maqsadida mini-futbol maydonchasida chigalyozdi mashqlari ham bajarildi.

Shundan soʻng, shaxmat-shashka, stol tennisi musobaqalariga start berildi. Stol tennisi musobaqalarida 3-oʻrinni Doʻstlik mahallasidan Ozod Shomurodov, 2-oʻrinni Olmazor mahallasidan Mambatsoliy Abdullayev, faxrli 1-oʻrinni Olmazor mahallasidan Baxodir Bozorboyevlar egallashdi.

Tadbir davomida, stol tennisi va Street workout musobaqalari gʻoliblariga tuman Nuroniylar jamoatchilik Kengashi raisi oʻrinbosari Bekman Allaberganov hamda tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Bahodir Boltaboyev, tuman Turizm va sport boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Qurbonboyevlar tomonidan Mahalla hayriya jamoat fondi homiyligida esdalik sovgʻalari taqdim qilindi.

“Keksalar zavqi” sport musobaqalari doirasidagi shaxmat-shashka musobaqalari murosasiz kechdi. Shashka boʻyicha musobaqada 18 nafar ishtirokchi qatnashib, unda 3-oʻrinni Doʻstlik mahallasidan Qurbonboy Yusupov, 2-oʻrinni Boʻston mahallasidan Raximboy Jumaniyozov, faxrli 1-oʻrinni Oʻzbekiston mahallasidan Shomurod Ibodullayevlar egallashdi. Musobaqa yakunida tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Bahodir Boltaboyev gʻoliblarga esdalik sovgʻalari topshirdi.

Shaxmat musobaqalari yanada qiziqarli taassurotlarga boy boʻldi. Unda maxsus bellashuvlarda 1-oʻrinni Doʻstlik mahallasidan Bekchon Rahimov, Amir Temur nomli ovuldan Ibragim Sultonovlar egallashdi. Asosiy oʻyinlarda esa 3-oʻrinni Oʻzbekiston mahallasidan Ayimbat Kamolov, 2-oʻrinni Qizilcholi mahallasidan Chorsham Matvafoyev, faxrli 1-oʻrinni Qizilcholi mahallasidan Mambatsoliy Matyakubovlar egallashdi. Gʻoliblarga Mahalla hayriya jamoat fondi homiyligida esdalik sovgʻalari taqdim qilindi.

Tadbir davomida Nukus Davlat Pedagogika Instituti huzuridagi iqtidorli bolalar maktabi direktori Otabek Yoʻldashev nuroniy onaxon va otaxonlarni “Keksalar haftaligi” munosabati bilan muborakbod qilib, ularning jamiyatda, ayniqsa, yoshlar tarbiyasida oʻrni beqiyosligi, oʻzlarining hayotiy tajribalari orqali yoshlarga oʻrnak boʻlishi, bu borada yoshlar nuroniylarga suyanishini taʼkidlab oʻtdi va ishtirokchilarni iqtidorli bolalar maktabida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi.

Tadbir qatnashchilari boʻlgan nuroniylar davlatimiz tomonidan oʻzlariga koʻrsatilayotgan hurmat va eʼtibordan mamnunliklarini bildirdilar va albatta bunday tadbirlar yanada koʻplab tashkil qilinishi lozimligini eʼtirof etdilar. Shu bilan birga tadbir tashkilotchilariga chin dildan minnatdorchlik bildirdilar.

Bahodir BOLTABOYeV, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026