29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 13:55
Fan va taʼlim 👁 245

Ingliz tili fani boʻyicha ochiq dars oʻtkazildi

Ingliz tili fani boʻyicha ochiq dars oʻtkazildi

Bugungi kunda mamlakatimizda xorijiy tillarni oʻqitish orqali yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, qadimiy va boy merosimizga iftixor tuygʻusi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilib bu borada samarali ishlar qilinmoqda. Yoshlarning chet tillarni mukammal oʻrganishlari, barcha sohalarda chet tilini bilgan holda oʻzlarini namoyon eta olishlari uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilib, ularning xorijiy tilda ogʻzaki va yozma nutqlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tizimli ishlar tashkil etilmoqda.

Taʼlim muassasalarida taʼlim oluvchilarning chet tilida fikr yuritishlari, erkin nutqni amalga oshira olish qobiliyatlarini rivojlantirish, intellektual faoliyatini shakllantirish, chet tilini tez va oson oʻrganishlariga alohida eʼtibor qaratilib, dars jarayonlari oʻquvchilarning mustaqil izlanishlariga yoʻnaltirilgan holda tashkil etilmoqda. Bu borada zamonaviy taʼlim metodlaridan samarali foydalangan holda oʻtkazilayotgan ochiq darslar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Amudaryo tumani Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 30-sonli umumtaʼlim maktabida ingliz tili fani boʻyicha oʻtkazilgan ochiq darsda oʻquvchilarning chet tili boʻyicha bilimlari yanada boyitildi. Maktabning 6-sinf oʻquvchilari uchun tashkil etilgan dars mashgʻulotida “What is in the fridge?” mavzusida oʻquvchilarda yangi bilimlar hosil qilindi.

Maktabning ingliz tili fani oʻqituvchisi Nargiza Qurbanboyeva ushbu ochiq darsga astoydil tayyorgarlik koʻrgani dars jarayonida yaqqol namoyon boʻldi. Ochiq darsda tuman Xalq taʼlimi boʻlimi inspektor metodisti Rayhon Yakubova, ingliz tili fani metodisti Farida Shamsiddinova hamda maktabning turli fan oʻqituvchilari ishtirok etdilar hamda ingliz tili fani oʻqituvchisi Nargiza Qurbanboyevaning pedogogik mahorati bilan tanishdilar.

Ochiq dars jarayonida dastlab oʻquvchilardan uyga berilgan vazifalari soʻraldi, soʻngra elektron doska orqali yangi mavzu yuzasidan tushunchalar berildi. Oʻqituvchi ochiq darsda ham anʼanaviy ham zamonaviy taʼlim metodlaridan, innovatsion pedogogik texnologiyalardan, turli koʻrgazmali qurollardan hamda tarqatma materiallardan foydalandi.

Ochiq darsning oʻquvchilarni kichik guruhlarga ajratgan holda, oʻyin texnologiyalaridan foydalanib tashkil etilgani oʻquvchilarning darsga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirib, ularning mashgʻulotda faol ishtirokini taʼminladi. 

Aytish kerakki, bugungi kunda mamalakatimizda chet tillarni oʻqitishning sifatini oshirish va yanada samarali usullarini taʼlim jarayoniga tadbiq qilish, chet tillari boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish, ilmiy salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash taʼlim sohasidagi dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz taʼlim tizimida ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan, chet tillarni oʻqitishda nutqiy muloqotga yoʻnaltirilgan yangi pedagogik texnologiyalarni yorituvchi va informatsion texnologiyalar bilan jihozlangan darsliklar, oʻquv-qoʻllanmalarni yaratish va oʻquv jarayoniga joriy etib, xorijiy til taʼlimini yanada takomillashtirish milliy taʼlim dasturining asosiy maqsadi hisoblanadi.

Yoshlarga chet tillarini mukammal tarzda oʻrgatishda oʻqituvchilarga katta masʼuliyat yuklatilgan boʻlib, ulardan oʻz ustida muntazam ishlash, dars jarayonlariga ijodiy yondashish, doimo bilim, koʻnikma va malakalarini oshirib borish talab etiladi.

Tumanimizdagi 30-sonli maktabda ingliz tili fani boʻyicha tashkil etilgan ochiq darsda oʻqituvchi Nargiza Qurbanboyevaning oʻz kasbiga boʻlgan mehri hamda ishiga boʻlgan masʼuliyati bilan ochiq darsda ishtirok etganlarda iliq taassurot qoldirdi. 

Charos Arslonova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026