14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 21:43
Fan va taʼlim 👁 180

Fan oyligi doirasida “Qadring baland boʻlsin ona tilim!” tadbiri boʻlib oʻtdi

Fan oyligi  doirasida “Qadring baland boʻlsin ona tilim!” tadbiri boʻlib oʻtdi

Butun mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablarida oktyabr – filologiya fanlari oyligi doirasida jahon va mumtoz adabiyotining zabardast yozuvchilari, shoirlari hamda zamonaviy adabiyot namoyondalarining hayoti va ijodiga bagʻishlangan adabiy-musiqiy kechalar, ochiq darslar, filologiya fanlari oʻqituvchilarining maktablararo tajriba almashuvlari, oʻquvchilar oʻrtasida zakovat bahslari oʻtkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlar 65-sonli maktabda ham yuksak saviyada tashkil etilib, unda 5-sinfdan 11-sinfgacha barcha oʻquvchi-yoshlar qamrab olinib, ochiq darslar, zakovat bahslari orqali ularning bilimlari sinovdan oʻtkazilmoqda.

Joriy  yilning 9-oktyabr kuni maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari Anora Kazakova, Adolat Erboyevalar fan oyligi doirasida hamkorlikda tashkillashtirgan “Qadring baland boʻlsin ona tilim!” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda maktab sahnasi mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning nodir namunalari bilan bezatildi.

Soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur, Furqat, Muqimiy, Mashrab, Nodirabegim, Choʻlpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Usmon Nosir, Said Ahmad. Oʻtkir Hoshimov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov kabi oʻzbek xalqining sevimli shoir va adiblari hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi koʻrgazmali vositalar bilan  bezatildi. Oʻquvchilar oʻzbek mumtoz va hozirgi zamon adabiyoti durdonalaridan oʻqib berdilar.

Shuningdek, fan oyligi doirasida biri-biridan mazmunli ochiq darslar tashkil etildi. Tajribali oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Anora Kazakova tomonidan 8-sinflarda Mir Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan ochiq dars tashkil etildi. Ochiq darsda hududdagi 11-, 18-, 24-, 47-sonli umumtaʼlim maktablarining yosh ijodkor-oʻqituvchilari ham ishtirok qildilar va darsning borishini kuzatishib, oʻzaro tajriba almashdilar.

Dars jarayonida oʻqituvchi buyuk mutafakkir yozuvchi, shoir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning asrlar osha dunyo xalqlari qalbida hayrat va havas uygʻotib, hamon sevib oʻqilayotgan oʻlmas asarlari mazmun-mohiyatini oʻquvchilarga qiziqarli tarzda yetkazdi. Dars mazmunidan kelib chiqib, oʻquvchilar oʻz taassurotlarini jonli tarzda ifoda etishdi. Yaʼni, shoh Husayn Boyqaro va Navoiy monologini taʼsirli ijro qilib berib, sinfning oʻzida  Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy doʻstligini tarannum etuvchi sahna koʻrinishni namoyish qildilar.

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 32-yil toʻlishi munosabati bilan “Qadring baland boʻlsin ona tilim!” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir va A.Navoiy ijodiy faoliyatini oʻzida mujassam etgan namunali ochiq dars ishtirokchilari boʻlgan 11-, 18-, 24-, 47-sonli umumtaʼlim maktablarining ijodkor-oʻqituvchilarida katta taassurot qoldirdi. Yosh ijodkor-oʻqituvchilar oʻtkazilgan ochiq darsning tarbiyaviy, maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyati haqida oʻz fikrlarini bildirishib, oʻzaro tajriba almashdilar.

Fiologiya fanlari oyligi doirasida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir va namunali ochiq dars oʻquvchi-yoshlar qalbida maʼnaviy qadriyatlarga hurmat va ehtirom, ona tilimizga va adabiyotga mehr-muhabbat tuygʻularini yanada mustahkamladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019