29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 14:16
Fan va taʼlim 👁 295

BAYRAM ARAFASIDA “TIL – DIL KALITI” DEB NOMLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

BAYRAM ARAFASIDA “TIL – DIL KALITI” DEB NOMLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Oʻzbek tili jahondagi boy va qadimiy  tillardan biri hisoblanadi. Xalqimizning koʻp asrlik  madaniy, ilmiy-maʼrifiy tafakkuri, intilluktual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli boʻlgan ona tilimizni ayni paytda dunyo xalqlari sevib oʻrganishmoqda.

Mamlakatimizda 1989-yil 21-oktyabrda xalqimiz asrlar davomida orzu qilib, intilib, ona tilimizning mustaqilligi uchun kurashib kelgan davlat tili haqidagi Qonunning qabul qilinishi Oʻzbekistonning suvereniteti va mustaqilligi sari qoʻyilgan dastlabki dadil qadam boʻldi. Chunki aynan ana shu hujjat – Davlat tili haqidagi tarixiy Qonunga muvofiq Oʻzbek tilimiz mustahkam huquqiy asos asosan va yuksak maqomga ega boʻldi.

Aynan ana shu tarixiy  hujjat tufayli Istiqlol yillarida tilimiz tom maʼnoda davlat tiliga aylanib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralar sari ruhlantiruvchi beqiyos maʼnaviy qudrat sifatida maydonga chiqdi.

Yangilanayotgan Oʻzbekistonning bugungi bosqichi – milliy yuksalish davri talablaridan kelib chiqib, bugungi kunda ona tilimizning nufuzini yanada oshirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2019-yilda “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonga muvofiq, 21-oktyabr – “Oʻzbek tili bayrami kuni” deb eʼlon qilindi.

Mana 32-yildirki, 21-oktyabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana – 2019-yildan beri esa “Oʻzbek tili bayrami kuni” sifatida mamlakatimizda keng nishonlanadi.

Amudaryo tumanidagi 42-sonli umumtaʼlim maktabida ham “Oʻzbek tili bayrami kuni” arafasida “Til – dil kaliti” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirni maktab direktori Qurol Mamutov ochdi va barchani Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan samimiy  tabrikladi. Shuningdek, Qurol Mamutov Oʻzbek tilining Istiqlol yillarida tobora oshib borayotgan nufuzi, xalqimizni yangi marralar sari ruhlantiruvchi qudratli kuchi xususida toʻxtalib oʻtdi.

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Farhod Bekberganov Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi munosabati bilan xalqimiz hayotida yuz bergan beqiyos oʻzgarishlar, tilimizning xalqaro miqyosdagi obroʻsini yanada mustahkamlash maqsadida qabul qilingan Prezident Farmon va Qarorlari, hukumat Qarorlari haqida oʻquvchi-yoshlarga, batafsil maʼlumotlar berdi.

Tadbir davomida OʻzYoI boshlangʻich tashkiloti yetakchisi Nodira Davlatmurodova soʻzga chiqib, tadbir ishtirokchilarini Oʻzbek tili bayrami bilan tabrikladi va til – millat koʻzgusi, ona Vatan koʻrki ekanligini, har bir millat oʻz ona tilining qadr-qimmatini  baland tutishi kerakligini taʼkidladi. Shuningdek, u  Oʻzbekistonda salkam 26 mln., Afgʻonistonda1,5 mln., Tojikistonda 1,1 mln., Qirgʻizistonda 800 mingga  yaqin, Qozogʻistonda 500 ming va Turkmaniston davlatida 455 ming, Rossiyada 300 ming nafardan ziyod oʻzbek tilida soʻzlashuvchi millatdoshlarimiz borligini, hatto Yaponiyada, Amerika Qoʻshma Shtatlarida, Janubiy Koreyada, Hindistonda, qoʻyingki, dunyoning koʻplab davlatlarida Oʻzbek tilini sevib oʻrganayotgan, oʻzbek tiliga hurmati beqiyos insonlar borligini  faxr bilan aytib oʻtdi.

Tadbirda maktabning 4-, 11-sinf oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan adabiy-badiiy qism ham namoyish etildi. Oʻquvchi-yoshlar oʻzbek tili haqida taniqli shoirlar ijod etgan sheʼrlarni aytishdi, kuy-qoʻshiqlar ijro etishdi. Oʻzbek tilining beqiyos boyligi, goʻzal va jilvadorligini oʻz chiqishlari bilan ifoda qildilar. Tadbir oʻtkazilgan joyning oʻquvchilar tomonidan har xil koʻrgazmali vositalar bilan bezatilgani “Til – dil kaliti” degan mavzuning jozibadorligini yanada oshirdi.

Boʻlib oʻtgan bayramona tadbir oʻquvchi-yoshlar qalbida ona tilimizga cheksiz mehr-muhabbat tuygʻularini yanada mustahkamlagani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Robiya YOʻLDOShEVA, 42-sonli umumtaʼlim maktabining ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026