XAVFSIZLIK QOIDALARIGA RIOYa QILISh – TURMUShIMIZ OSOYIShTALIGINI TAʼMINLAYDI
Aholi xonadonlarini isitish tizimi va yoqilgʻi mahsulotlaridan foydalanishda favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning tinch va osoyishta yashashlariga erishish borasida tumanimizda koʻpgina chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Chunki inson hayoti bebaho. Oʻtgan yillar davomida yurtimizda yongʻinlar, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, is gazidan zaharlanish kabi sodir boʻlgan noxush hodisalarni unutib boʻlmaydi. Kelgusida tumanimizda buningdek koʻngilsizliklar sodir boʻlishining oldini olishga qaratilgan ishlar keng miqyosda olib borilayotir.
Tumanimiz hududidagi korxona, tashkilotlar binolari, aholi yashash joylarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻinlar, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, fuqarolarning is gazidan zaharlanishining oldini olish maqsadida 4 ta sektorlar kesimida favqulodda vaziyatlar, ichki ishlar boʻlimlari, hokimlik, sogʻliqni saqlash, yongʻinga qarshi kurash jamiyati 44 nafar kishidan iborat vakillaridan tuzilgan taʼmirlovchi-tiklovchi otryadlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Ular 15 ta ovul va mahallalarda shu kunga qadar 25 ta reyd tekshiruvlarini oʻtkazishdi.
Reydlar davomida 14548 ta uylar, 12 ta koʻp qavatli uylardagi 174 ta xonadonlarda tabiiy gazdan, elektr energiyasidan va yoqilgʻilardan foydalanish holati nazorat qilindi va 472 ta kamchiliklar aniqlandi. Bular dudburonlarning nosozligi, rezina shlanglar orqali gaz moslamalariga ulanish, gaz soʻrgʻichlardan foydalanish, isitish pech (qozon)larning nosozligi kabilardir. Shu kungacha aniqlangan ushbu kamchiliklardan 378 ta nosoz dudburonlar taʼmirlandi,tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan nostandart rezina shlanglar va gaz soʻrgʻichlar dalolatnoma asosida olib qoʻyildi va yongʻin havfsizligi qoidalariga rioya etish yuzasidan aholi bilan suhbatlar olib borildi.
Hozirgi kunda tuman hududidagi 94 ta davlat tasarrufidagi obʼektlarda tekshiruvlar, 134 ta tadbirkorlik subʼektlarida yongʻin profilaktika koʻrigi oʻtkazildi va aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilayapti.
Oʻtkazilgan tekshirishlar jarayonida aniqlangan kamchilik va nuqsonlar yuzasidan tuman hokimligiga 4 ta, tuman prokuraturasiga 4 ta axborot xatlari, elektr va tabiiy gaz idoralariga 6 ta, boshqa idoralarga 3 ta taqdimnomalar kiritildi.
Bu borada olib borilayotgan ishlardan koʻzlangan asosiy maqsad tumanimiz hududida fuqarolarning is gazidan zaharlanishi, yongʻinlar tufayli jabrlanishining oldini olishga qaratilgandir.
Mana kuz fasli oxirlab, qishning sovuq, ayozli kunlari yaqinlashmoqda. Ayni kunlarda ham davlat tasarrufidagi obʼektlarda, aholi yashash xonadonlarida isitish tizimi yurtdoshlarimizning osoyishta yashab, ishlashlariga xizmat qilayapti. Fuqarolar bunda qoʻlbola nostandart isitish pechlardan foydalanmasligi, yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari talab etiladi. Bu – favqulodda holatlar sodir boʻlishining oldini olishga xizmat qilishini unutmasligimiz kerak.
Gʻ.OʻRALOV, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶