Jamiyat
👁 95
HAFTA OʻRTASIDA OB-HAVO SALQINLAShADI
Joriy yilning 4-5-noyabr kunlari Oʻzbekiston hududiga Qozogʻiston orqali Ural hududlari ustida shakllangan sovuq havo massalari kirib kelishi natijasida respublika boʻyicha harorat 10-13 darajaga pasayadi.
Kunduz kunlari havo harorati 3-8 daraja tashkil etsa, 5-noyabrda harorat kechasi 2-7 daraja sovuqqacha, shimolda 5-10 daraja sovuqqacha pasayadi.
Respublikaning ayrim joylarida 4-noyabrda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Aziz yurtdoshlar, ehtiyot choralarini koʻrib qoʻyishingizni, isitish moslamalarini ulaganda xavfsizlik qoidalariga amal qilib, yongʻin va is gazidan zaharlanishning oldini olishingizni soʻraymiz!
Tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶