RESPUBLIKA BOʻYIChA HARORAT KESKIN PASAYaDI
Joriy yilning 16-noyabr kuni Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga, 17-18-noyabr kunlari respublikaning barcha hududiga Volga boʻyi orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi. 16-17-noyabrda respublika boʻyicha shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda changli boʻron boʻladi.
16-noyabrda Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida, 17-noyabrda Oʻzbekistonning qolgan hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻladi, 17-18-noyabrda togʻ oldi va togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Respublika boʻyicha harorat keskin pasayishi kutilmoqda. 16-17-noyabrda shimolda, 17-18-noyabrda Oʻzbekistonning qolgan hududlarida harorat kechalari 5-8° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-3° iliqgacha, shimolda kechalari 12-15° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-3° sovuqgacha pasayadi.
Tumanimiz fuqarolaridan xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda ehtiyot choralarini koʻrib qoʻyishlarini soʻraymiz.
Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶