02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 04:38
Jamiyat 👁 215

AMUDARYo TUMANIDA XALQARO BAGʻRIKENGLIK KUNI KENG NIShONLANDI

AMUDARYo TUMANIDA XALQARO BAGʻRIKENGLIK KUNI KENG NIShONLANDI

Xalqaro YuNESKO tashkiloti dunyoda tinchlik, dinlar va konfessiyalararo muloqotni oʻrnatish, millatlar va elatlar oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilib, hozirda bagʻrikenglikka oid 70 dan ziyod xalqaro hujjatlar qabul qilingan. 1995-yil 16-noyabrda Parijda YuNESKO Bosh konferentsiyasida “Bagʻrikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi” qabul qilingan. Hozirgi kunda 16-noyabr – Xalqaro  bagʻrikenglik kuni sifatida keng nishonlanadi.

Mustaqil Oʻzbekistonimizda tinchlik, osoyishtalik, osuda hayotning qadr-qimmati hamisha yuksak. Mamlakatimizda xilma-xil diniy eʼtiqodga mansub millatlarning bir xil buyuk gʻoya va sof niyatlarning roʻyobi yoʻlida hamkor, hamjihatlikda, tinch-totuv yashayotganlarining oʻzi diniy bagʻrikenglikning yorqin namunasidir.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda yashayotgan 136 ta millat vakillari 16 ta turli konfessiyaga eʼtiqod qilishadi va dinlararo, konfessiyalararo  mustahkam aloqa, samimiy doʻstlik oʻrnatilgan.

Joriy yilning 17-noyabr sanasida tuman Madaniyat markazida Xalqaro bagʻrikenglik kuni munosabati bilan boʻlib oʻtgan maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-musiqiy  tadbirda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari mamlakatimiz xalqiga xos rang-baranglik, millatlararo va dinlararo doʻstlik, bagʻrikenglik tamoyillari, ana shu tamoyillar asosida tobora ravnaq topayotgan mustaqil davlatimiz hamda millatlar va elatlar oʻrtasidagi samimiy  doʻstlik, totuvlik haqida mamnuniyat bilan soʻz yuritdilar. Shu bilan birga tumanimiz mahallalarida yashab, Amudaryo tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshayotgan turli millat  vakillarini Xalqaro bagʻrikenglik kuni munosabati bilan tabrikladilar.

Darvoqe, ayni paytda Amudaryo tumanida 13 millat vakillari ahil-inoq yashab, mehnat qilishmoqda. Ularning farzandlari yaxshi taʼlim-tarbiya olishlari, oʻz ona tillarida emin-erkin soʻzlashishlari uchun tumanda zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Xususan, tumanda oʻqish oʻzbek qozoq, rus, turkman, qoraqalpoq tillarida olib boriladigan maktablar boʻlib, ushbu taʼlim-tarbiya maskanlari zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan jihozlangan.

Tumanning  barcha hududlarida xalqimizning emin-erkin oʻz diniy eʼtiqodlarini amalga oshirishlari uchun esa diniy-islomiy talablar darajasidagi masjidlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Xalqaro bagʻrikenglik kuni munosabati bilan boʻlib oʻtgan bayramona tadbirda mutasaddilar buni alohida eʼtirof etishdi.

Tadbirning adabiy-musiqiy qismida tuman Madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qoʻyilgan huquq va imkoniyatlardan foydalanib, mustaqil Vatanimizning har tomonlama taraqqiy etishiga munosib hissalarini qoʻshib kelayotgan barcha millat va elat vakillari bilan bagʻrikeng diyorda yashayotganliklaridan mamnunlik tuygʻulari madh etilgan kuy va qoʻshiqlar yangradi.

“Oʻzbekiston – bagʻrikeng diyor” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy va adabiy-musiqiy tadbirda doʻstlik va tinchlikni, millatlararo totuvlik va bagʻrikenglikni ifodalovchi jarangdor sheʼrlar oʻqildi.

“Bu muqaddas Vatanda azizdir inson!” shiori ostida biri-biridan mazmundor taronalar yangradi. Oʻzbek, qozoq, qoraqalpoq, rus, tatar, boshqird xalqlarining koʻngillarda ezgu tuygʻular uygʻotuvchi kuy-qoʻshiqlari, raqslari ijro etilib, tadbir ishtirokchilari qalblariga xush kayfiyat bagʻishladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026