Tuman Ichki ishlar boʻlimida davlatimiz bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi
Shu yilning 18-noyabrida tuman Ichki ishlar boʻlimida davlatimiz bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Unda boʻlimda mehnat qilayotgan xodimlar ishtirok etdilar.
Davlatimiz mustaqilligi ramzlaridan bir boʻlgan bayrogʻimiz yurtimiz fuqarolarining faxri, iftixoridir.
Tadbirda soʻzga chiqqan tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov yigʻilganlarni davlatimiz bayrogʻi qabul qilingan kunning 30 yilligi bilan qizgʻin tabrikladi. U oʻz nutqida bayrogʻimiz yurtimizda yashovchi xalqlarning mustaqilligi, ozodligi timsoli ekanligini, bayroq qadimdan har bir xalq uchun faxr-iftixor ramzi boʻlib kelganligini, aytib davlatimiz bayrogʻi qabul qilingan kun har yili ulkan tantana qilinishi bejiz emasligini, deya taʼkidladi.
Shuningdek, tumanimizda tinchlik, osoyishtalik, qonun ustuvorligi barqaror boʻlishi uchun fidoyilik bilan mehnat qilayotgan soha xodimlarining kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶