30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:04
Jamiyat 👁 4,397

BIZ KEChA KIM EDIK – ERKSIZ BIR MILLAT

BIZ KEChA KIM EDIK – ERKSIZ BIR MILLAT

                                           PAXTA YaKKAHOKIMLIGI AZOBLARI

Paxta – milliy boyligimiz, iftixorimiz. Azal-azaldan ota-bobolarimiz paxtachilikni turmush farovonligini taʼminlashning birdan-bir asosi – moʻl-koʻl daromad manbai deb bilganlar, shu soha rivoji uchun bor kuch va bilimlarini sarflaganlar. Xalqimizning oʻz paxtachilik sohasi boʻyicha milliy hamda nazariy-amaliy, yanada aniqroq qilib aytganda, asrlar davomida shakllanib, takomillashgan oʻzbek paxtachiligi tajriba maktabi bor edi-ki, bu haqda biz oʻzbek xalqi toʻlib-toshib gapira olmasdik. Biz bir narsani bilardik – sobiq ittifoqning paxta xomashyo bazasiga aylantirilgan Oʻzbekistonning bepoyon paxta dalalarida erta bahordan to qishning qirovli kunlarigacha paxta terimiga safarbar ekanligimizni!

Paxta dalalari. Bu poyonsiz dalalar qishloqlarimizda hovlilarimizning oldidan boshlanardi. Maktab, bolalar bogʻchalarining atroflaridagi yerlarga ham paxta ekilardi. To 1970-yillardan 1985-90-yillargacha rayqoʻm rahbaridan tortib bolalar bogʻchasi tarbiyalanuvchilarigacha Sovetlarning bir shiorini yoddan bilishi shart edi. Bu  - sobiq ittifoqning dohiylaridan biri L.I.Brejnev ilgari surgan va oʻzbek millatini misoli bir qulday ishlashga majbur qilgan qizil shior – "Oq oltinni oltin qoʻllar yaratadi!” degan paxta siyosati edi.

Endi oʻylab qarasam, ana shu qizil shior xalqimizni zamonaviy qullar darajasida xor qilgan ekan. "Oq oltin”dan oppoq oltin togʻlarni – 6 million tonnalik Oʻzbekiston paxta xirmonini yaratguncha onalarimizni paxta joʻyaklarida dard tutib, nimjon goʻdaklarni dunyoga keltirishgani, ayollik nazokatini eslaridan chiqarib, qoʻllari kosov, sochlari supurgi boʻlgani ayni haqiqat, azizlar. Sentyabr oyida boshlangan paxta terimi to dekabr oyigacha, baʼzan 6 million tonnalik xirmon uchun kurash gʻoʻzapoyalari yigʻib olingan shudgorlarda ham davom etardi. Odamlar toʻng bosgan kesaklar orasidan chigitlab paxta terishardi. Bu – Moskvaning buyrugʻi edi.           6 000 000 tonnalik Oʻzbekiston paxtasi tayyor boʻlmaguncha barcha oʻquv yurtlari, oʻrta umumtaʼlim maktablari, idora va tashkilotlar vaqtincha yopilardi. Hech kim:

- Hey, baraka topgur, bu insonlarning oila tashvishini, farzandi tarbiyasini, tomorqa ekinini kim qiladi? – deya olmasdi.

Chunki oʻzbek xalqining turmush tarzi ana shu yagona paxta tashvishlari bilan qurshab olingan ramka asosiga qurilgan ediki, "7 yoshdan yetmish yoshgacha barchaning oʻrni paxtazorda” boʻlishi shart edi. Koʻzimiz yetgan joy – paxtazor boʻlardi. Paxta tashvishlaridan ortib hovli-joyga qarash, xususiy bogʻ yaratish haqida oʻylashning oʻzi bir jinoyatga olib borardi. Paxta dalasining chetiga tol-terak, mevali daraxt ekkan dehqon davlat yerini oʻzlashtirganlikda ayblanardi.

E-ha, nimalarni koʻrmadik. 30-35-yillab hayotimni paxtachilikni rivojlantirish sohasiga bagʻishlab, hatto Sovetning manfur "Paxta ishi” toʻriga tushib qolganman. Xalqimiz ikkinchi jahon urushi janglarda fashizmga qarshi urushga kirganida ham bunchalik adolatsizlikni koʻrmagan boʻlsa kerak. Moskvaning xazinasini paxtadan keladigan boylik bilan toʻldiraman, deb umr boʻyi dala-tuz kezib, chang va butifos zahrini yutib, manfur "paxta ishi” qurboni boʻlgan millatimiz fidoyilari haqida oʻylasam, oʻrtanib ketaman. Menman degan paxtachilik allomalari, fidoyi dehqonlar "paxta ishi” tamgʻasi ostida xoʻrlandilar, azob-uqubatlar zahrini totdilar. Hatto ayrim yurtdoshlarimiz bu xoʻrliklarga bardosh berolmay, temir panjaralar ortida jon berdilar.

Ming-ming shukronalar boʻlsin, bugun Vatan ozod, xalqimiz hur va erkin. Eng muhimi, millatimiz oʻz yeriga, oʻz mulki-davlatiga bek. Har bir oʻzbekning endi oʻz chorbogʻi, oʻz yeri, oʻz mulki bor. Oilalar farovon, totuv, obod. Farzandlarimiz zukko, bilimdon, jahon yoshlari bilan bellashishga qodir. Oʻzbek paxtachiligini, paxtachilik sanoatini jahon tan olgan. Fermerlik harakati esa taraqqiyotning jahon andozalari darajasida taraqqiy etgan. Bugungi fermer ham paxtakor, ham chorvador, sanoatchi va eksportchi. Sobiq ittifoq davrida tekislanib, paxta dalasiga aylantirilib yuborilgan irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari qaytadan tiklanib, rekonstruktsiya qilingani agrar sohani gullatib yubordi. Bogʻ-rogʻlar, fermerlar ixtiyoridagi parrandachilik, uzumchilik, pillachilik, asalarichilik, gʻallachilik xoʻjaliklari erishayotgan yutuqlar negizida buyuk Istiqlol nafasi bor. Obod ovullar kelajagi bor bu yutuqlarda. Shularni koʻrib, koʻzim quvonadi, hayotga zavqim ortadi mening .

- Kecha kim edik? – deyman-u, sobiq sovetning bir quli boʻlib yashaganimizdan ezilib ketaman va baralla aytaman:

- Yetkazganingga shukur, dorilomon, obod va farovon, tinch-osoyishta hayot hukmron Vatanda yashayotganimga shukur!

 

Yoʻldosh FAYZULLAYeV,

mehnat faxriysi.

(Foto - http://fikr.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026