14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 13:42
Jamiyat 👁 3,265

MANGʻITLIK QATAGʻON QURBONLARI

MANGʻITLIK  QATAGʻON  QURBONLARI

Oʻzbekiston 1991-yil 1-sentyabrda istiqlolga erishgach, xalqqa ruhiy kuch-quvvat bagʻishlovchi, unga maʼnaviy ozuqa beruvchi muhim omil sifatida tariximizni xolis va haqqoniy oʻrganishga, istiqlolgacha boʻlgan davrda sovet tarixshunosligi tomonidan atayin buzib, soxtalashtirilgan holda tadqiq qilinib kelingan davrlarning haqqoniy tarixini tiklashga ahamiyat berilib, vatanimizda tarixni anglash, barchamizning taqdirimizga daxldor boʻlgan tarixiy adolatni tiklash, ayniqsa, sovetlar davrida oʻrganilishi man qilingan yaqin oʻtmishdagi voqealarni, ularning mohiyatini tadqiq qilishga katta imkoniyatlar yaratildi.

Prezidentimizning 2001-yil 1-maydagi "Qatagʻon qurbonlarini yod etish kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq har yili 31-avgust kunining "Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni” sifatida nishonlanishi, respublikada va joylarda "Shahidlar xotirasi” xayriya jamgʻarmasining tashkil etilishi, mustabid tuzum davrida qatagʻon etilgan vatandoshlarimizning xotirasini abadiylashtirish, ularning ibratli hayoti va faoliyati, ilmiy ijodiy merosini oʻrganish, yoshlar qalbiga singdirish boʻyicha katta sharoitlar yaratildi. Ana shu imkoniyat va sharoitdan foydalangan holda respublikamizda koʻplab tarixchi, siyosatshunos va jurnalistlar tomonidan aynan qatagʻon davridagi zulmkorona siyosat mohiyati ochib berilgan maqolalar, kitoblar yaratildi.

Quyida eʼtiboringizga 1937-38-yillardagi qatagʻondavrida turlicha ayblarbilan nohaq qatagʻonqurboni boʻlgan, shu davrjabrini chekkan insonlartoʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼtiboringizga havola qilayapmiz. Ushbu maʼlumotlar R.Shamsutdinov va U.Bekmuhammad hammuallifligida nashrqilingan "Qatagʻon qurbonlari. 5-kitob” va "Qatagʻon qurbonlari. Xotira. Xorazm viloyati” kitoblari asosidatayyorlandi.

Maʼlumki, Amudaryo tumani1957-yil dekabrida Qoraqalpogʻistonning Qipchoqva Xorazm viloyatiningMangʻit tumanlari qoʻshilishiasosida tashkil etilgan. Eʼtiboringizga havola etilayotgan qatagʻonqurbonlari 1937-38-yillardagi Mangʻit tumanilik jabrdiyda insonlardir. Bugungi istiqlolning tinch-osuda kunlarida ularni xotirlab, ajdodlarimizning pok ruhlarini shod etish – barchamizning burchimizdir.

1937-yil 12-sentyabrda otuvga hukm qilinganlar: (qavs ichida tugʻilgan yili va tugʻilgan joyi koʻrsatilgan. Shartli qisqartma: q. - qishloq).

Yoqubov Qurbonniyoz (1895, Xolimbeg q.) - sobiq savdogar.

Polvonov Amat (1895, Mangʻit q.) - sobiq quloq.

1937-yil 28 oktyabrda 8-yilga MTL (mehnattuzatuv lageri)ga hukm qilinganlar:

Matkarimov Bobojon (1877, Qalʼaushoq q.) - quloqqa tortilgan. Hibsga olingan vaqtda kolxoz aʼzosi.

Boltayev Nurillo (1896, Koʻnamachoy q.) - sobiq quloq,Hibsga olingan vaqtda kolxoz aʼzosi.

1937-yil 3 noyabrda otuvga hukm qilingan:

Ahmedov Qurbonniyoz (1875, Xoʻjaqaʼla q.) - quloqqa tortilgan.

1937-yil 3 noyabrda MTLga hukm qilinganlar:

Otaniyozov Masharip (1881, Hotamshayx q.) - quloqqa tortilgan, hibsga olingan vaqtda kolxoz aʼzosi, 10-yilga MTLga hukm qilingan.

Xolniyozov Ollabergan (1908, Hotamshayx q.) - quloqqa tortilgan. Hibsga olingan vaqtda kolxoz aʼzosi,10-yilga MTLga hukm qilingan.

Qurbonov Boyman (1901, Hotam-shayx q.) - sobiq quloq. Hibsga olingan vaqtda kolxoz omborida mudir. 10-yilga MTLga hukm qilingan.

Doʻstmatov Quramboy (1886, Hotamshayx q.) - sobiq quloq. Hibsga olingan vaqtda kolxoz aʼzosi. 10-yilga MTLga hukm qilingan.

Erjonov Shomurod (1884, Xoʻjaqaʼla q.) - sobiq quloq. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi. 10-yilga MTLga hukm qilingan.

Ortiqov Said (1897, Koʻnamachoy q.) - quloqqa tortilgan. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi. 10-yilga MTLga hukm qilingan.

Yoqubov Otajon (1901, Koʻnamachoy q.) - quloqqa tortilgan. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi. 10-yilga MTLga hukm qilingan.

Qurbonniyozov Xudoybergan (1889, Qalʼaushoq q.) - sobiq quloq. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi. 10-yilga MTLga hukm qilingan.

1937-yil 28 noyabr kuni 10-yilga MTLga hukm qilinganlar:

Oʻrozov Yusup (1885, Ushoq-qalʼa q.) - sobiq quloq. 1929 yili soliq toʻlashdan bosh torgani uchun 5-yilga qamalgan. Hibsga olingan paytda doʻkon mudiri boʻlgan.

Otaniyozov Hoji (1896, Ushoq qalʼa q.da yashab kelgan) - quloq va savdogar boʻlgan. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi.

Rahmonov Damin (1882, Mangʻit tumani) - quloq va savdogar boʻlgan.

Rahmonov Otajon (1879, Hotam-shayx q.) - sobiq quloq. Kolxozdan chiqarilgan.

Keltboboyev Qoʻshchon (1879, Hotam-shayx q.) - 1932-yilda quloqqa tortilgan va qamalgan.

Erniyozov Abduraim (1880, Hotamshayx q.) - quloqqa tortilgan. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi. Kolxoz tashkil etishga qarshi targʻibot olib borganlikda ayblangan.

Qoʻshayev Sobir (1908, Boʻjakoʻl q.) - sobiq quloq. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi.

Qodirov Xudoyor (1906, Beshtom q.) - Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi.

1937-yil 28 noyabr kuni 8-yilga MTLga hukm qilinganlar:

Bobojonov Xaytboy (1895, Mangʻit tumani) - quloq qilingan. Hibsga olingan paytda zavodda ishchi boʻlgan.

Iskandarov Vafo (1902, Hotamshayx q.) - sobiq quloq. Hibsga olingan vaqtda kolxoz aʼzosi.

Panayev Hisomuddin (1882, Ushoq qalʼa q.) - sobiq quloq.

Yusupov Jumaniyoz (1880, Qalʼaushoq q.) - hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi.

Toʻqmonov Sherali (1899, Mangʻit tumani Qorakoʻl q.da yashab kelgan) - sobiq quloq. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi.

Madaminov Xolmurod (1897, Qalʼaushoq q.) - hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi.

Ermonov Ashirboy (1903, Qalʼaushoq q.) - hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi.

1937-yil 1 dekabrda 10-yil MTLga hukm qilinganlar:

Rahmonov Xudoybergan (39 yosh, Koʻna Machit q.) - sobiq quloq. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi.

Oʻrozov Jumaniyoz (46 yosh. Hotam shayx q.) - sobiq "bosmachi”. 1931-yili quloqqa tortilgan. Hibsga olingan vaqtda kolxoz aʼzosi.

Ibodullayev Juma (35 yosh. Hotamshayx q.)

1937-yil 7 dekabr kuni MTLga hukm qilinganlar:

Bobojonov Shomurot (1877, Boʻju-koʻl q.) - sobiq quloq. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi. 8-yilga hukm qilingan.

Matniyozov Otajon (1877, mangʻitlik) - sobiq quloq. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi. 8-yilga hukm qilingan.

Boltayev Jumamurot (1884, Doʻrman q.) - sobiq quloq. Quloqqa tortilgan. 1930-yilda 4-yilga qamalgan.Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi. 10-yilga hukm qilingan.

Hadiyev Abdukarim (1883, Qorovul q.) - sobiq quloq. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi. 8-yilga hukm qilingan.

Mahmudov Masharip (1877, Doʻrman q.) - sobiq quloq. Quloqqa tortilgan. 8-yilga hukm qilingan.

Ischanov Raim (1878, Qalʼaushoq q.) - sobiq quloq. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi. 8-yilga hukm qilingan.

Berdiyev Eshimmat (1902, Qalʼa-ushoq q.) - sobiq quloq. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi. 8 yilga hukm qilingan.

Doʻsmonov Eshchon (1882, Koʻnamachoy q.) - sobiq quloq. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi. 8-yilga hukm qilingan.

Jumaniyozov Ollambergan (1895, Qalʼaushoq q.) - sobiq quloq. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi. 8-yilga hukm qilingan.

Matiyev Begmat (1901, Hotam Shayx q.) - sobiq quloq. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi. 8-yilga hukm qilingan.

Tojiyev Jumat (1897, Qalʼaushoq q.) - sobiq quloq. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi. 8-yilga hukm qilingan.

Eshmonov Davlatyor (1907, Qorovul q.) - sobiq quloq. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi. 8-yilga hukm qilingan.

Xudoyberganov Raim (1878, Koʻnamachoy q.) - sobiq quloq. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi. 8-yilga hukm qilingan.

Saimbetov Oʻrozmat (1905, Boʻldikoʻl q.) - hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi. 8-yilga hukm qilingan.

Xudoyberganov Avaz (1878, Boʻldikoʻl q.) hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi. 8-yilga hukm qilingan.

Nurumbetov Oʻrozmat (1890, Boʻldikoʻl q.) - hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi. 8-yilga hukm qilingan.

1938-yil 4 fevralda 10-yilga qamoqqa hukm qilinganlar:

Baychanov Sagen (1894, Moʻgʻil q.)

Qoʻshaqov Abdulla (1907, Mangʻit tumani) - hibsga olingan vaqtda kolxoz aʼzosi.

1938-yil 7 fevral kuni otuvga hukm qilingan:

Yusupov Matniyoz Mufti (1870, Mangʻit tumani) - 1929-yilda davlat majburiyatini bajarmaganligi uchun javobgarlikka tortilgan. Xiva xoni muhrini saqlovchi, dindor-oxun.

Nizomiddinov Bobojon Qori (1886, Qoraoʻchoq q.) - hibsga olingan vaqtda kolxoz aʼzosi.

Eshnazarov Xolboy (1875, Mangʻit tumani) - 1933-yili 3 yilga surgun qilingan, diniy marosimlar ishtirokchisi (mulla).

Shomurotov Ernazar (1875, Qipchoq q.) - Xiva xonligi davrida qozi-sud lavozimida ishlagan, diniy xizmatchi-oxun.

1938-yil 7 fevralda 10-yilga MTL ga hukm qilingan:

Kalboyev Saidnazar Jipakchi (1869, Mangʻit tumani) - sobiq quloq va savdogar. U aksilinqilobiy guruhga aʼzo boʻlib, aholi orasida magʻlubiyatchilik ruhidagi tashviqotlar olib borganlikda, kolxozchilarni kolxozdan chiqishga va Afgʻonistonga ketishga undaganlikda ayblangan va 10-yilga qamoqqa hukm qilingan.

1938-yil 10 fevralda otuvga hukm qilinganlar:

Yusupov Amat (1904, Doʻrman q.) - sobiq quloq.

Erniyozov Raim (1933, Doʻrman q.) - sobiq quloq. Quloqqa tortilgan.

1938-yil 10 fevralda MTLga hukm etilgan:

Abduraimov Nazar (1890) - sobiq quloq. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi. Davlatga qarshi aholi orasida magʻlubiyatchilik targʻiboti olib borganlikda ayblangan va 10-yilga qamoqqa hukm qilingan.

1938-yil 16 fevral otuvga hukm qilinganlar:

Yaqubov Toʻra (1907, Xolimbeg q.) - sobiq quloq. Bosmachilik harakati ishtirokchisi. Hibsga olingan paytda kolxoz raisi boʻlgan

Saidniyozov Xolmat (1880, Xolimbeg q.) - sobiq quloq.

Yusupov Normat (1897, Xolimbeg q.) - sobiq quloq. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi.

Matmurotov Abdulla (1909, Xolimbeg q.) - sobiq quloq. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi.

Bobojonov Otajon (1917, Xolim-beg q.) - quloqning oʻgʻli. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi.

Doʻschanov Norboy (1907,Xolimbeg q.) - sobiq quloq. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi.

Aloshev Sapaniyoz (1877,Xolimbeg q.) - sobiq quloq. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi.

Ollaberganov Matyoqub (1899, Xolimbeg q.) - sobiq quloq.

Ismoilov Jabbor (1877, Xolim-beg q.) - sobiq quloq. Quloqqa tortilgan.

Xoʻjayev Roʻzmat (1877, Xolimbeg q.) - sobiq quloq. Quloqqa tortilgan.

Doʻschanov Yoʻldosh (1902, Xolimbeg q.) - sobiq quloq. Quloqqa tortilgan.

Xolmurotov Jumamurot (1893, Xolimbeg q.) - sobiq quloq. Quloqqa tortilgan.

Abdurasulov Matyoqub (1892, Xolimbeg q.) - sobiq quloq.

Bobojonov Abduvohid (1909, Xoʻjayli tumanida yashab kelgan) - sobiq quloq. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi.

Saidov Jumaniyoz (1912, Xolimbeg q.) - sobiq quloq. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi.

Oʻrunov Xaytmat (1904, Hotam Shayx q.) - sobiq quloq.

Oʻrazmetov Kamol (1900, Hotam Shayx q.) - sobiq quloq. Hibsga olingan paytda kolxozda brigadir.

Rahimov Xolmat (1902, Hotam Shayx q.) - sobiq quloq. Hibsga olingan paytda kolxozda rais.

Matmurotov Oʻrozmat (1899, Ho-tam Shayx q.) - sobiq quloq va savdogar.

Matniyozov Eshimmat (1908, Hotam Shayx q.) - sobiq quloq.

Iskandarov Odil (1917, Hotam shayx q.) - sobiq quloq va yuzboshining oʻgʻli.

Xolniyozov Odamboy (1908, Hotam Shayx q.) - sobiq quloq. Hibsga olingan paytda tayyorlov idorasida oʻt oʻchiruvchi.

Shomurotov Qozoq (1905, Hotam Shayx q.) - sobiq quloq.

Saparov Utap (1884, Hotam Shayx q.) - sobiq quloq

Xolmurotov Omonboy (1915) - sobiq quloq. Quloqqa tortilgan. Hibsga olingan paytda kolxoz aʼzosi.

Umid BEKMUHAMMAD.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019