29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 11:16
Fan va taʼlim 👁 295

40-SONLI MAKTABDA “KONSTITUTsIYa – BAXTIMIZ QOMUSI” DEB NOMLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

40-SONLI MAKTABDA “KONSTITUTsIYa – BAXTIMIZ QOMUSI” DEB NOMLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Tumanimizdagi umumtaʼlim muassasalarida 8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 29 yilligi munosabati bilan hamda ijtimoiy fanlar oyligi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy, huquqiy-tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazilmoqda. Mazkur tadbirlarda oʻquvchi-yoshlar faol ishtirok etishib, oʻzlarining ijtimoiy fanlar boʻyicha olgan bilimlarini hamda Konstitutsiya bilimdonlari ekanliklarini namoyish etishmoqda.

Amudaryo tumani xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 40-sonli umumtaʼlim maktabida esa Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yillik shodiyonalari haqiqiy bilimdonlar bayramiga aylanib ketdi. Sana munosabati bilan ijtimoiy fanlar oyligi doirasida quyi va yuqori sinflar oʻquvchilari tomonidan biri-biridan mazmunli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.

Xususan, “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” deb nomlangan tadbir bilimdon, zukko va epchil, hozirjavob oʻquvchilarinng oʻz iqtidorlarini namoyon etishlari uchun imkoniyat yaratdi. Tadbir davomida Konstitutsiya bilimdonlari toʻrtta shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar. Unga koʻra, birinchi shartda ishtirokchi oʻzini tanishtirish asnosida oilasi hamda oʻzi uchun Konstitutsiyada kafolatlangan huquqlar haqida batafsil, sermazmun hikoya qilishi talab etildi. Ikkinchi shart Konstitutsiya boblari, moddalari boʻyicha savol-javoblar, uchinchi shart xotira mashqi, toʻrtinchi shart esa yoshlar orasida huquqbuzarliklarning kelib chiqishi hamda ularning oldini olish haqida sahna koʻrinishlari tayyorlashdan iborat boʻldi.

Shunisi eʼtiborliki, ishtirokchilar barcha shartlarni maromiga yetkazib ado etdilar.

“Ajdodlar merosi – kelajak poydevori” shiori ostida 7-sinflar oʻrtasida boʻlib oʻtgan bellashuv qiziqarli taassurotlarga boy boʻldi. Unda “Jaloliddin Manguberdi”, “Toʻmaris”, “Temuriylar” guruhlari oʻzaro kuch sinashdilar. Tanishtiruv, mantiqiy savol-javoblar, xotira sinovlari asosida oʻtkazilgan bellashuvda ishtirokchilar ulugʻ ajdodlarimizning betimsol maʼnaviy, madaniy merosini qunt bilan oʻrganayotganliklarini oʻzlarining amaliy chiqishlari, mantiqiy savollarga bergan javoblari orqali namoyish etdilar.

Tadbir davomida 5-6-sinflar oʻquvchilari oʻrtasida “Tarixiy yodgorliklar maketlarini tayyorlash” boʻyicha koʻrik-tanlov ham boʻlib oʻtdi. Mazkur tanlov nafaqat ishtirokchilar, balki maktab oʻqituvchilari hamda koʻrik-tanlov tomoshabinlari uchun ham nihoyatda qiziqarli va hayajonli taassurotlarga boy boʻldi. Unda oʻquvchilar hali juda yosh boʻlsalar-da, tarixiy-meʼmoriy yodgorliklar xususida anchagina yaxshi tasavvurga ega ekanliklarini oʻzlari tayyorlagan maketlar orqali ifoda etdilar. Shu bilan birga, Konstitutsiyamizda tarixiy-madaniy yodgorliklar toʻla davlat himoyasida va xalqimizning bebaho boyligi, bu boylikni asrab-avaylash har bir fuqaroning burchi ekanligini ham taʼkidladilar.

Tadbir yakunida Konstitutsiya bilimdonlari maktab maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

“Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy hamda huquqiy-tarbiyaviy kechadan joy olgan har bir tadbir oʻquvchi-yoshlar qalbida ona Vatanga muhabbat, Konstitutsiyada belgilangan barcha huquqiy  normalarga hurmat tuygʻusini yanada mustahkamladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026