16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:26
Jamiyat 👁 183

DXX ChEGARA QOʻShINLARIGA QARAShLI HARBIY QISM ZOBITLARI YoShLAR BILAN UChRAShDI

DXX ChEGARA QOʻShINLARIGA QARAShLI HARBIY QISM ZOBITLARI YoShLAR BILAN UChRAShDI

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ayniqsa, harbiy sohaga qiziquvchi yoshlar bilan ularning orzulari, oʻz oldlariga qoʻygan  ezgu maqsadlarini amalga oshirishlari yoʻlidagi intilishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida  9202-sonli harbiy qism zobitlari tomonidan tez-tez uchrashuvlar, samimiy muloqot tadbirlarini oʻtkazish anʼanaga aylangan.

Ayniqsa, Amudaryo tumanining chegara hududlarida istiqomat qiluvchi yoshlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan bu kabi tadbirlar turli xil huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Qilichboy madaniyat markazida boʻlib oʻtgan ana shunday tadbirlardan biri “Osoyishta hayot, xotirjam va tinch mahalla!” shiori ostida qiziqarli taassurotlarga boy tarzda oʻtkazildi.

Qilichboy  mavzesidagi ovul va mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv tadbirida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga qarashli 9202-sonli harbiy qism komandiri, podpolkovlik O.Narzullayev, 9202-sonli harbiy qism komandirining oʻrinbosari S.Toshmatov, Amudaryo tumani  Ichki ishlar boʻlimi xodimi, kapitan Bahodir Allanazarov, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari qoʻmondonligi tomonidan tashakkurnoma olgan Dilafroʻz Ismoilova, OʻzYoI Amudaryo tumani Kengashi raisi Sardor Ismoilov, Afgʻoniston urushi ishtirokchisi, sobiq baynalmilal jangchi Hamro Safarboyev, Amudaryo tuman Xalq taʼlimi boʻlimining maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya ishlari boʻyicha boʻlim boshligʻi Zafar Abdullayev hamda “Moʻʼtabar Ayol” koʻkrak nishoni sohibasi Amina ona Yusupovalar ishtirok etdilar.

Yoshlar bilan uchrashuv tadbirida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga qarashli 9202-sonli harbiy qism komandiri, podpolkovnik O.Narzullayev mamlakatimiz Qurolli kuchlarining kuch-qudrati, zamonaviy harbiy texnikalar xususida soʻz yuritib, Milliy Armiyamizni yanada takomillashtirish, uni dunyodagi qudratli  armiyalar safiga qoʻshish bugungi yoshlarga bogʻliq ekanligini, buning uchun zamonaviy harbiy bilimlarni puxta egallash, xorijiy tillarni mukammal darajada oʻrganish zarurligini taʼkidladi. Shu bilan birga, har tomonlama, ham jismoniy, ham aqliy jihatdan barkamol yigitlargina Milliy Armiyamiz zobitlari boʻlishga munosibligini, buning uchun, eng avvalo, oʻzi tugʻilib-oʻsgan zaminga cheksiz mehrmuhabbat qoʻyishi, Vatanning har bir qarich yerini muqaddas deb bilishi zarurligini, bugungi Qurolli Kuchlar safiga aynan ana shunday salohiyatli yoshlar tanlab olinishini misollar tariqasida yoshlarga batafsil tushuntirdi.

Shuningdek, uchrashuv tadbirida soʻzga chiqqanlar yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, oilalar mustahkamligini taʼminlash, bugungiday tinch, osuda hayotning qadriga yetib, ahil-inoqlikda yashash inson uchun eng ulugʻ baxt ekanligini aytishib, yoshlarni halol va fidoyi mehnat qilib, biri-biriga hurmat va ehtirom koʻrsatib yashashga daʼvat etdilar.

Oʻz navbatida yoshlar ham soʻzga chiqishib, oʻz orzulari haqida gapirdilar. Shu bilan birga, harbiy sohaga oid oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Yoshlar tomonidan  havola etilgan barcha savollarga masʼullar batafsil javob berdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019