AMUDARYo TUMANI FVB OGOHLANTIRADI: PIROTEXNIKA VOSITALARI KOʻNGILSIZLIKLARGA SABAB BOʻLADI
Yangi yil bayrami – hammamizning sevimli bayramimiz. Ushbu bayramni oilaviy tarzda chiroyli kutib olishga hamma tayyorgarlik koʻradi. Ayniqsa, bayram koʻrki boʻlgan archani bezatish katta zavq bagʻishlaydi. Biroq shunday quvonchli va goʻzal bayramda dilni xira qiladigan holat borki, bu pirotexnika vositalaridir.
Yangi yil bayrami arafasida oʻsmirlar va bolalar oʻrtasida pirotexnika vositalariga boʻlgan qiziqish oshadi. Lekin ayrim yoʻllar orqali mamlakatimizga kirib kelgan bunday vositalardan foydalangan yosh bolalarning ayanchli holatga tushgani hammaga maʼlum. Aytish joizki, pirotexnika vositalari tananing yuz, koʻz, qoʻl sohalarida ogʻir chuqur kuyish jarohatlarining yuzaga keltiradi. Koʻzlarning shikastlanishi natijasida koʻrish faoliyati qisman yoki butunlay buziladi.
Jarohatlardan keyin plastik operatsiyalar oʻtkazishga muhtojlik paydo boʻladi. Kuygan sohalarda dagʻal chandiqlar, qoʻl barmoqlari sohalarida kontrakturalar qoladi. Asoratlar bemorlarning ruhiy holatiga ham salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Hurmatli ota-onalar! Oilada hushyorlikni oshirib, farzandlaringizni nazoratsiz qoldirmasliklaringizni soʻrab qolamiz!
Aziz yurtdoshlar! Yangi yil bayram tadbirlarini yaxshi kayfiyat bilan oʻtkazaylik!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶