30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:35
Fan va taʼlim 👁 238

65-sonli maktabda “Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

65-sonli maktabda “Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

65-sonli umumtaʼlim maktabida “Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq” mavzusida  maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda nafaqat oʻquvchi-yoshlar, balki tadbir mehmonlari boʻlgan maktab ota-onalar qoʻmitasi aʼzolari hamda maktab pedagogika jamoasi ham xalqimizning teran tarixiy ildizlari, yuksak maʼnaviyati, milliy-madaniy qadriyatlari buyuk va betakrorligidan yana bir bora faxrlandilar.

Ijtimoiy fanlar oyligi doirasida oʻtkazilgan mazkur tadbirni maktabning ijtimoiy fanlar boʻyicha uslubbirlashma rahbari Omongul Jumaboyeva ochdi va maktabda ijtimoiy fanlar oyligi doirasida fan oʻqituvchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, biri-birini takrorlamaydigan namunali ochiq darslar, sinflararo bellashuvlar va ularning ijobiy natijalari haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi.

Shundan soʻng, maktabning 5-sinfidan 11-sinfigacha barcha oʻquvchilari ishtirokida ulugʻ tarixiy siymolar yaratgan buyuk kashfiyotlar, Oʻzbekiston zaminida tugʻilib, dunyoning turli mamlakatlariga betakror maʼnaviyat, ilm-irfon nurlarini taratgan, dunyo  tamadduniga oʻz ilmiy, badiiy asarlari, yirik kashfiyotlari bilan juda katta hissa qoʻshgan bobokalonlarimiz hayoti va ijodiy faoliyati aks ettirilgan koʻrgazma namoyish etildi.

Xususan, oʻquvchi-yoshlar buyuk allomalar Al-Xorazmiy, Imom Buxoriy, Al-Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Amir Temur siymolarini gavdalantirdilar. Xorazmiyning matematik kashfiyotlari, Buxoriy hadislari, Beruniy tomonidan kashf etilgan jugʻrofiy aniqliklar,  Abu Ali Ibn Sinoning dunyo tibbiyoti sohasiga qoʻshgan ulkan hissasi, Amir Temur hazratlari tomonidan bunyod etilgan buyuk davlatchilik tarixi xususida soʻz yuritishib, ulugʻ ajdodlarimizning bebaho tarixiy, madaniy va ilmiy, maʼnaviy merosiga ehtirom koʻrsatdilar.

Tadbir davomida Qoʻqon adabiy muhiti namoyondalari Uvaysiy, Nodira, Anbar otinlarning betakror adabiy merosi haqidagi oʻquvchi-yoshlarning maʼruzalari, kichik sahna koʻrinishlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Oʻquvchilar Uvaysiy va Nodira, Anbar otin gʻazallaridan oʻqidilar. Bu nodir asarlarning bugungi kunda ham oʻz qadr-qimmatini yoʻqotmaganini, tarbiyaviy ahamiyatini oʻz chiqishlari orqali ifodalab berdilar.

Tadbirning adabiy-musiqiy qismida 7-sinf oʻquvchi-qizlari “Oʻzbekiston” qoʻshigʻiga raqsga tushdilar va “Oʻtror fojeasi”ni aks ettiruvchi sahna koʻrinishini namoyish etib, oʻzbek xalqining Chingizxon qoʻshinlariga qarshi olib borgan tarixiy kurashini koʻrsatib berdilar.

Shuningdek, 6-sinf oʻquvchilari tomonidan sahnalashtirilgan “Ajdodlar” raqsi, 10-sinf oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan Amir Temurning yoshligini ifodalovchi kichik sahna koʻrinishi tadbirga yanada goʻzal maʼnaviy ruh bagʻishladi.

“Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq” deb nomlangan ijtimoiy fanlar oyligi doirasida tashkil etilgan mazkur tadbir ajdodlar xotirasiga hurmat va ehtirom tuygʻularini yanada mustahkamladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026