30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:36
Fan va taʼlim 👁 286

15-SONLI MAKTABDA “MENING KELAJAKDAGI KASBIM” ShIORI OSTIDA KASBLAR FESTIVALI OʻTKAZILDI

15-SONLI MAKTABDA “MENING KELAJAKDAGI KASBIM” ShIORI OSTIDA KASBLAR FESTIVALI OʻTKAZILDI

Umumtaʼlim maktablarida bitiruvchilarni qiziqishi va iqtidoriga koʻra aniq kasb tanlashlariga koʻmaklashish, yaratilgan shart-sharoitlardan oqilona, unumli foydalanishga undash orqali yoʻl koʻrsatish ularning mustaqil hayotga qadam qoʻyishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Kasbni toʻgʻri tanlagan tirishqoq, shijoatli yoshlar taʼlimning kelgusi bosqichida ham ilm sirlarini, kasb-hunarni puxta egallab, oʻz oldilariga qoʻygan ezgu maqsadlari sari dadil odimlayveradi.
Shu yil 18-dekabr kuni 15-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabda oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish maqsadida “Mening kelajakdagi kasbim” shiori ostida kasblar festivali oʻtkazildi. Festivalda tumandagi boshqa maktablar direktorlari, psixologlari va oʻquvchilari ishtirok etdilar. Shuningdek, turli kasb egalari, yaʼni Qilichboy qishlogʻidagi tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi kasb egalari, chilangarlik, avtomobillarga xizmat koʻrsatish ustasi, yongʻin xavfsizligi xodimi, harbiylar, hududdagi 7-sonli oilaviy poliklinika xodimlari ham tashrif buyurdilar.
Festivalni 15-sonli maktab direktori Murodjon Boltayev ochib berdi va mamlakatimizda yoshlarning puxta bilim olishi, oʻzlari tanlagan kasb-hunarni egallashi, iqtidor va salohiyatini toʻlaqonli yuzaga chiqarishi uchun barcha sharoitlar yaratilganini taʼkidlab oʻtdi. Shu bilan birga mamlakatimizda uzluksiz taʼlim tizimini yuksaltirish va barkamol avlodni har tomonlama yetuk va barkamol komil inson qilib tarbiyalash maqsadida taʼlim sohasida koʻplab islohotlar amalga oshirilayotgani, maktabdagi sharoit, olib borilayotgan ishlar haqida soʻz yuritdi.
Taʼkidlanganidek, yoshlar kelajakda jamiyat rivojida oʻz hissalarini qoʻshishi, komil inson boʻlib yetishishlarida oʻz xohishi, moyilligi, qobiliyatiga mos kasb-hunar tanlashlari muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻquvchilarning imkoniyatlar va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan kasbga yoʻnaltirilgan taʼlim olishini taʼminlaydi.
Zero, oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlari taʼlim-tarbiya bilan uzviy kechadigan, uning barcha qirralarini qamrab oladigan uzluksiz jarayondir. Oʻquvchilarning qiziqishlari, layoqatlari, qobiliyatlari va individual xususiyatlarini rivojlantirish kasb-hunarga yoʻl olayotgan har bir oʻsmir uchun juda muhimdir. Bunday tadbirlar oʻquvchilarning kasbiy qaror qabul qilishi, ongli ravishda kasb tanlashiga yoʻnalish berishi bilan ahamiyatlidir.
Tadbirga tashrif buyurgan turli kasb egalari oʻz kasblari haqida tushunchalar berdilar. Tadbirkorlar ularga tadbirkorlik faoliyatini boshlash, imtiyozli kredit olish tartibi xususida maʼlumotlar, tavsiyalar berib, yoʻl-yoʻriq koʻrsatdilar.
Festival jarayonida maktabdagi “Duradgorlik”, “Bichish-tikish”, “Oshpazlik”, “Qandolatchilik”, “Yosh ximiklar”, “Munchoq toʻqish”, “Yosh gulchilar” kabi toʻgaraklar rahbarlari va oʻquvchilar tashkil etgan koʻrgazmalar barchaga manzur boʻldi va katta qiziqish uygʻotdi.
Tadbir davomida bitiruvchi oʻquvchilar oliy taʼlim oʻquv yurtlarida oʻzlari tanlab olgan taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur oʻrganishga qaratilgan maxsus koʻnikmalarini oʻzlarida shakllantirish imkoniyatiga ega boʻlishlari haqidagi keng maʼlumotlarga ham ega boʻldilar.
Festival davomida maktabning boshlangʻich sinf oʻquvchilari qoʻgʻirchoq teatri tomoshalarini ijro etib, tadbirga bayramona kayfiyat baxsh etdilar.

Iskandar Iskandarov, 15-sonli maktab direktorining

maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026