29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 03:24
Fan va taʼlim 👁 256

36-SONLI MAKTABDA «SALOM YaNGI YIL» DEB NOMLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

36-SONLI MAKTABDA «SALOM YaNGI YIL» DEB NOMLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Yangi yil hamma orziqib kutadigan, xushkayfiyat bilan nishonlaydigan katta bayram. Ushbu ertaknamo bayram, ayniqsa, bolajonlar uchun juda quvonchli. Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirlarda unutilmas taassurotlarga boy boʻlgan turli tomoshalar namoyish etilib, sovgʻalar ulashiladi.

Bayram arafasida Amudaryo tumanidagi 36-sonli maktabda ham 5- va 6-sinf oʻquvchilari ishtirokida yangi yil bayramiga bagʻishlab, “Salom Yangi yil” deb nomlangan tadbir oʻtkazildi.

Maktabning 5-“V” sinfi rahbari Muhabbat Tursunboyeva hamda 6-“A” sinfi rahbari Dilnura Boboniyozova tashkilotchiligida oʻtkazilgan ushbu tadbirda oʻquvchilar sahna koʻrinishlarini, yangi yil haqidagi qoʻshiq va sheʼrlarni ijro etishdi.

Bayramona bezatilgan sinfxonada tashkil etilgan tadbirda oʻquvchilar qorbobo va qorqiz, ertaklar va sevimli multfilmlar qahramonlari liboslarida ishtirok etdilar.

Yangi yil bayrami tomoshalarida turli ertak va multfilmlar qahramonlar orqali rostgoʻylik, halollik va hamisha ezgulikka intilib yashashdek insoniy fazilatlar ulugʻlanadi. Bu kabi tomoshalar bolajonlar qalbida  yuksak insoniy tuygʻularni mustahkamlaydi, ularni ona yurtga sadoqatli boʻlishga oʻrgatadi, asar qahramonlaridan saboq olib, faqat aʼlo baholarga oʻqishga, tinch va osuda hayotimizning qadriga yetishga undaydi.

Tadbirga tashrif buyurgan Qorbobo dastlab oʻqituvchilarni va barcha oʻquvchilarni kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabriklab, ezgu tilaklar bildirdi. Shuningdek, bugungi kunda yosh avlod tarbiyasi, taʼlim olishi, sogʻligi, komil inson boʻlib voyaga yetishi, kasb-hunarni mustahkam egallashi va hayotda oʻz oʻrniga ega boʻlishi davlatimiz siyosatida eng ustuvor vazifalardan biriga aylangani, bu borada keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilgani xususida toʻxtaldi.

Oʻz navbatida Prezidentimiz rahnamoligida yaratilayotgan keng sharoit va imkoniyatlar yosh avlodning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta oʻzlashtirishi, ilm-fan, madaniyat, sport va boshqa sohalarda isteʼdod va salohiyatini namoyon etishi uchun mustahkam zamin boʻlib xizmat qilayotganini taʼkidladi.

Shundan soʻng, har ikkala sinf oʻquvchilari yangi yil bayrami haqida quvnoq qoʻshiqlar va sheʼrlar, dilrabo raqslar ijro etishdi.

Tadbirda oʻquvchilarning sevimli ertaklari asosidagi sahna koʻrinishlari ham namoyish qilindi. Qorbobo, Qorqiz, turli ertak va multfilm qahramonlari rollari oʻquvchilar tomonidan ijro etildi. Barcha tomoshalarni oʻquvchilar katta qiziqish va maroq bilan koʻrib, dildan yayradilar.

Bayram tomoshalari oʻquvchilarga olam-olam zavq bagʻishladi. Ular yangi yilga monand bezatilgan sinfxonada Qorbobo, Qorqiz va turli ertaklar qahramonlari bilan birga qoʻshiq aytib, raqs tushdi. Tadbir davomida Qorbobo tomonidan turli xil qiziqarli oʻyinlar oʻtkazilib, oʻyin soʻngida gʻolib ishtirokchilarga ajoyib sovgʻa-salomlar ulashildi.

Butun yurtimiz boʻylab davom etgan yangi yil bayrami shodiyonalari kabi 36-sonli maktabda oʻquvchilarga quvonch, bayramona kayfiyat, qalbiga ezgulik ulashish maqsadida oʻtkazilgan ushbu tadbir ham barchaga bir olam quvonch va unutilmas taassurotlar baxsh etdi.

O.Xudoyberganova, 36-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026