30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:04
Fan va taʼlim 👁 2,519

KELAJAK EGALARI KAMOL TOPAYoTGAN MASKAN

KELAJAK EGALARI KAMOL TOPAYoTGAN MASKAN

Bizning 43-sonli maktabgacha tarbiya muassasamizda ilk guruhda 40 nafar, oʻrta guruhda 25 nafar, katta guruhda 40 nafar, tayyorlov guruhida esa 25 nafar, jami 130 nafar kichkintoylarga bugungi kun talablari darajasida taʼlim-tarbiya berilmoqda.

Malakali tarbiyachilarimiz bolajonlarning muassasadagi oʻtgan har bir daqiqasi mazmunli, taassurotlarga boy va esda qolarli boʻlishiga intiladilar, har bir daqiqadan ularga oʻzaro doʻstlik, yuksak odob-axloq, bir-biriga mehr-oqibat tuygʻularini singdirishda unumli foydalanadilar.

Aytaylik kundalik sport mashqlarini bajarishda, yugurish yo sakrashda moʻljalni aniq ololmay qolgan bolakay yiqilsa, tarbiyachi albatta boshqa bolalar bilan unga yordamga shoshadi. Demak bu bilan bolalar qalbida bir-birovga birodarlik, mehr-oqibat tuygʻulari shakllantiriladi. Oddiygina bolalarning ovqatlanish onlarini olsangiz, stolda toʻgʻri oʻtirib, ovqatini toʻkmay yegan bolani yaxshi soʻzlar bilan ragʻbatlantirish orqali ularda ovqatlanish odobini tarbiyalash mumkin.

Keyingi yillarda maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatiga yangi ped texnologiyalarning joriy etilayotgani, iqtidorli bolalardan ingliz tilini oʻrganuvchi maxsus guruhlar tuzilib, ilk saboqlarni berish amalga oshirilayotgani kichkintoylarning shiddatkor zamonamizga mos boʻlib ulgʻayishiga zamin yaratmoqda.

Bu vazifalarni ado etish uchun xodimlarimiz tinmay oʻqib-oʻrganib, oʻz ustlarida izlanmoqdalar.

Ayni kunda muassasamizda asosiy tarbiyaviy soatlardan tashqari bolajonlarning iqtidorlarini tarbiyalab borish maqsadida badiiy gimnastika, raqs, kurash toʻgaraklari muntazam ishlab turibdi.

Bolalarga yilning barcha fasllarida ham emin-erkin tarbiyalanishlariga sharoit yaratish maqsadida bu yil muassasamizda 36 mln. soʻmlik joriy taʼmirlash ishlari bajarildi.

Yaqinda kuzgi-qishki mavsumga va yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik boʻyicha muassasamizda tuman boʻyicha koʻrgazma oʻtkazildi. Bizning amalga oshirgan ishlarimiz tumanimizdagi barcha maktabgacha taʼlim muassasalariga namuna qilib koʻrsatildi.

Shunisi quvonchliki, muassasamizda tarbiyalanayotgan bolajonlarimiz orasida iqtidorlilari koʻpchilikni tashkil etadi. Badiiy havaskorlik toʻgaragi aʼzolari tuman miqyosida oʻtkaziladigan barcha tadbirlarda oʻzlarining chi-qishlari bilan koʻpchilikning hurmatini qozonmoqda.

Bolajonlar bilan ishlash, ularni oʻz bolangday asrab-avaylab tarbiyalash – mashaqqatli ish. Biroq ularning aqlli, odob-li va iqtidorli boʻlib voyaga yetayotganini koʻrish – ulkan baxt. Bu tuygʻular bizni doimo sid-qidildan mehnat qilishga chorlab turadi.

Manzura JUMANIYaZOVA,

43-sonli maktabgacha tarbiya muassasasi mudirasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026