29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 03:38
Fan va taʼlim 👁 229

56-sonli maktabda chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani namunaviy tarzda oʻqitilmoqda

56-sonli maktabda chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani namunaviy tarzda oʻqitilmoqda

Yoshlarni vatanparvar insonlar qilib tarbiyalab, voyaga yetkazishda xalqimizning tarixiy-maʼnaviy merosi juda katta ahamiyatga ega. Shu sababli tarixiy-maʼnaviy merosni asrab-avaylash, oʻrganish, uni oʻz tajribalarimiz, hayotiy faoliyatimiz, milliy gʻoyamizga sodiqligimiz orqali kelajak avlodlarga bus-butun qoldirish davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylangan.

Xususan, 2018-yil 23-fevralda eʼlon qilingan “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kontseptsiyasi”da yoshlarni milliy gʻoya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoya si sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish, qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yoʻilda fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib boʻlish tuygʻusini shakllantirish asosiy vazifalar etib belgilangan.

Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, umumtaʼlim maktablarida joriy etilgan chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani Vatanimizning boʻlgʻusi himoyachilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim oʻrin tutadi.

Bu borada bizning 56-sonli umumtaʼlim maktabida chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻtiladigan 10-11-sinflar oʻquvchilari ishtirokida Konstitutsiyaviy huquq, Vatanga boʻlgan  mehr-muhabbat mavzulariga bagʻishlangan dars-mashgʻulotlar, darsdan tashqari davra suhbatlari oʻtkazilib, bu mashgʻulotlar va suhbatlar jarayonida oʻquvchi-yoshlarning shaxsiy fikr va mulohazalariga asosiy eʼtibor qaratiladi. Chunki boʻlgʻusi Vatan himoyachisi avvalo boy tarixiy-maʼnaviy merosimizni puxta bilishi, ham maʼnan, ham jismonan yetuklik sari intilib yashashi va bunga albatta erishishi zarur.

Dars jarayonida Qurolli Kuchlarimizning harbiy salohiyati, zamonaviy harbiy texnikalar bilan mufassal tanishtirib boriladi. Bundan tashqari, epchillik, kuchlilik, zakovat bahslari, safda yurish, safda turish, qomatni rostlash mashqlari orqali oʻquvchi-yoshlar oʻzlarining harbiy hayotga qiziqishlarini, ona Vatan himoyachisi boʻlishdek sharafli va muqaddas burchlariga sadoqat tuygʻularini amalda namoyon etishga harakat qiladilar.

Maktabimizning 10-sinfida 73 nafar, 11-sinfida 58 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya olishadi. Shunisi eʼtiborliki, ularning deyarli yarmidan koʻpi harbiy sohaga qiziqibgina qolmay, harbiy Nizomlarni ham qunt bilan oʻrganishmoqda.

Nazariy mashgʻulotlardan tashqari, oʻquvchi-yoshlar ishtirokida favqulodda vaziyatlarda, ayniqsa, tezkor qutqaruv ishlarida oʻzini qanday tutishlari yuzasidan amaliy-tajriba mashqlari ham amalga oshirilib, ularning koʻnikmalari sinovdan oʻtkazilib boriladi. Bu borada maktabda  tashkil etilgan “Boʻlajak yosh harbiylar” va “Temurbeklar” toʻgaraklari muhim ahamiyat kasb etadi.

Oʻsib kelayotgan yosh avlodni milliy istiqlol gʻoyalari asosida tarbiyalash maqsadida 5-6-sinflar oʻquvchilari uchun tashkil etilgan “Boʻlajak yosh harbiylar” toʻgaragi muntazam faoliyat olib boradi. Asosan 10-11-sinflar oʻquvchilari bilan mashgʻulotlar olib boriladigan “Temurbeklar” toʻgaragi mashgʻulotlarining qiziqarli va jangovar ruhda oʻtkazilishiga  alohida eʼtibor qaratiladi. Shu bois, maktab oʻquvchilari Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan harbiy-sport musobaqalarining hududiy va tuman bosqichlarida faxrli oʻrinlarni egallab kelmoqda.

Maktabimiz oʻquvchilari orasida “Temurbeklar” maktabi kursantlari borligi esa qalbimizda faxr uygʻotadi. Oʻtgan 2021 oʻquv yilida 9-sinfni tugatgan sobiq oʻquvchilarimizdan biri Javohir Rahimboyev Davlat xavfsizlik xizmatiga qarashli “Temurbeklar” maktabi kursanti boʻldi.

Bugungi yoshlar boʻlgʻusi ona Yurt posbonlari, Vatan kelajagi uchun masʼul, Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda: “Yangi Oʻzbekistonning toza qonlari!” Ularni Vatanga, tarixiy-maʼnaviy merosimizga sadoqatli, matonatli va jasoratli insonlar qilib tarbiyalash biz – chaqiriqqa qadar  tayyorgarlik fani oʻqituvchilarining zimmamizdagi yuksak masʼuliyatdir.

Yusufboy ALLABERGANOV, 56-sonli maktabning chaqiriqqa qadar tayyorgarlik fani oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026