01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 23:13
Siyosat 👁 276

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 45-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 45-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Mavzuga oid fotogalereya

2022-yil 21-yanvar kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 45-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya majlisida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari masʼullari, boʻlimlar, tijorat banklari rahbarlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyani tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sultonboy Yoʻldashev kirish soʻzi bilan ochdi va olib bordi.

Sessiyada dastlab tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti holatini oʻrganish toʻgʻrisida tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Moʻminjon Matyusupovning axboroti tinglandi.

Axborotda keltirilishicha, idora va tashkilot rahbarlari fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashda va xodimlarning mehnat huquqlariga rioya qilishda yoʻl qoʻyilgan qonunbuzilish holatlari sababli tuman Adliya boʻlimi tomonidan maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan 2021-yilda 12 ta taklif berilgan.

Boʻlim tomonidan 2021-yil davomida jami 65 ta idora va tashkilotlarda 21 ta oʻrganish va 47 ta monitoringlar oʻtkazilgan. Eʼtiborlisi, oʻtkazilgan oʻrganish va monitoringlar davomida jami 7830 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan.

Shundan soʻng “Sudlar tomonidan fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish hamda odil sudlovni amalga oshirishga doir 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisida”gi masala koʻrib chiqildi.   Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Jasur Oʻrazbayev kun tartibidagi masala boʻyicha axborot berdi.

Axborotda oʻtgan yil davomida koʻrib chiqilgan jinoyat ishlari va huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi.

Shuningdek sessiya ishida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasining 2021-yil davomida tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan axboroti toʻgʻrisida”gi masala ham koʻrib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajapovning axboroti tinglandi.

Axborotda qayd etilganidek, 2021-yil davomida tuman Xalq qabulxonasiga aholidan kelib tushgan 1 ming 10 ta murojaatlarning 834 tasi, yaʼni 82,6 foizi ijobiy hal qilingan.

Shundan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tumandagi 18-sonli maktab direktorligi lavozimiga oʻtkazilgan tanlov yakunlari boʻyicha tavsiya qilingan nomzodga kelishim berish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.

Deputatlar nomzod Yeshbayeva Surayyo Ziyatbayevaning maktabda taʼlim sifati va samaradorligini oshirish borasida kelgusi 3-yilda amalga oshirishni rejalashtirgan dasturi bilan tanishdilar. Shundan soʻng ochiq ovoz berish yoʻli bilan nomzodga kelishim berish toʻgʻrisidagi masala boʻyicha qaror qabul qilindi va nomzod Surayyo Yeshboyeva 18-sonli maktab direktori lavozimiga tayinlandi.

Bundan tashqari, sessiya ishida Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham muhokama qilinib, ular yuzasidan ham qarorlar qabul qilindi. Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligining axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026