29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 03:22
Fan va taʼlim 👁 313

YoSh KITOBXONLAR BILAN IShLAShISh MENGA ZAVQ BAGʻIShLAYDI

YoSh KITOBXONLAR BILAN IShLAShISh MENGA ZAVQ BAGʻIShLAYDI

Mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish boʻyicha boshlangan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Kitob – insonning eng yaqin doʻsti, maslahatchisi, aql qayrogʻi, bitmas-tuganmas bilim manbaidir. Shu bois, xalqimiz asrlar davomida kitobni nonday aziz, moʻʼtabar va muqaddas deb hisoblagan. Hozirgi kunda ham farzandlarimiz ota-bobolarimizning shonli anʼanalarini davom ettirib, kitobxonlikni intellektual mulk darajasiga koʻtarish, kitobxonlik saviyasini yuksaltirishga qaratilgan “Eng kitobxon maktab”, “Eng kitobxon mahalla”, “Eng kitobxon oila” kabi yoʻnalishlardagi tanlovlarning faol ishtirokchilariga aylanishgan.

Men oʻz kasbim taqozosiga koʻra, yoshlarning kitob tanlash madaniyati, kitobga va uning ijodkoriga boʻlgan hurmat va eʼtiboriga alohida ahamiyat beraman. Koʻpchilik oʻquvchi-yoshlar kitobxon tengqurlariga taqlid  qilib, oʻzlarini haqiqatdan ham zoʻr kitobxonday koʻrsatib kitob tanlashadi. Vaqt oʻtib, kitobni kutubxonaga qaytarishganlarida ayrimlarining kitobni ochib ham koʻrmaganiga guvoh boʻlaman. Chunki “Kitobdan qanday taassurot olding?” “Kitobdagi gʻoya senga yoqdimi?” kabi savollarga umuman javob berishaolmaydilar. Ayrim “kitobxon” bolalar esa kitobni oʻqimagani yetmaganday, sahifalari kir-chir, yirtilgan holatda qaytarishadi.

Lekin kishining dilini ogʻritadigan bir holat borki, bu haqda gapirmaslik – bolalar, yoshlar tarbiyasiga loqaydlik hisoblanadi. Kitobga mehr qoʻymagan ayrim yoshlar, oʻsmirlarga: “bugun internetda nima gap?” degan savolni berib koʻring-chi! Sayrab ketishadi, toʻxtata olmaysiz! Dunyoning qaysi hududida nelar roʻy berdi-yu, shov-shuvga toʻla sanʼat olamida nima gap? Barini ipidan-ignasigacha gapirib berishadi. Koʻpchilik oʻsmir-yoshlarning qimmatli vaqtlarini ijtimoiy tarmoqlardagi oldi-qochdi xabarlarni oʻqishga bagʻishlayotganlari juda achinarli.

Qalbimizda mamnuniyat hissini  uygʻotadigan bir toifa oʻsmir-yoshlarning qoʻlidan kitob tushmasligi, ularning bu borada yuqoridagi kabi tengdoshlaridan ilmda, odob-u axloqda, fikrat olamida ancha oʻtkir, saviyasi baland, madaniyatli ekanligini anglatadi. Bunday kitobxon oʻsmir-yoshlar orzulari yoʻlida sobitqadam, shaxsiy fikriga ega, dunyoqarashi keng insonlar boʻlib voyaga yetadilar va jamiyatda oʻz oʻrnini topaoladilar.

Maktabimizda kitobxon yoshlar talaygina. Men ular bilan shugʻullanishdan, orzu-intilishlari xususida suhbatlashishdan aslo charchamayman. Aksincha, bu kitobxon oʻquvchi-yoshlar bilan boʻladigan muloqotlardan olam-olam zavq olaman. Ular orasida oʻz shaxsiy fikri, oʻz uslubiga ega havaskor shoir va shoiralar, adabiyotning nasr janrida ijod etayotgan jajji “yozuvchilar” ham bor. Maktabimizning kitobsevar yoshlaridan Shahzoda Joʻlliboyevaning “Koʻngil karvoni” ilk sheʼrlar toʻplami “Taraqqiyot koʻzgusi gazetasi” davlat nashriyotida chop etilib, ommaga tarqatildi. Shuningdek, Muhabbat Oʻrinbosarovaning “Haq niyetler” Navbahor Sarsenboyevaning “Kevil toʻlgʻovlari” ilk sheʼrlar va hikoyalar toʻplamlari ham chop etish uchun nashriyotga topshirildi. Bundan tashqari, bir guruh oʻquvchi-yoshlarning ijod namunalaridan iborat sheʼrlar, hikoyalar va ertaklar gala toʻplamini ham tayyorlab, kitob holida chop qildirish niyatidamiz.

Men bu oʻsmir-yoshlarning har bir yutugʻini koʻrib, ilmga chanqoqligidan, kitobxonlik saviyasi va madaniyati, dunyoqarashlari kengligidan quvonib ketaman. Ularning Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston kelajagiga masʼul insonlar boʻlib kamolga yetishlariga juda-juda ishonaman.

Tazaxan Qdirniyazova, 3-sonli maktab kutubxonasi mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026