01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 23:13
Jamiyat 👁 147

IDORALARARO MUVOFIQLAShTIRUVChI KENGASh YIGʻILIShI BOʻLIB OʻTDI

IDORALARARO MUVOFIQLAShTIRUVChI KENGASh YIGʻILIShI BOʻLIB OʻTDI

28-yanvar kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida 2021-yil davomida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish aholining yashash sharoitini yaxshilash, mahallalarda olib borilgan islohotlar, tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar borasida muvofiqlashtiruvchi Kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Majlisda tuman prokurori Javlonbek Muftullayev, tuman huquqni muhofaza qiluvchi hamda nazorat organlari xodimlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, tegishli tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarolari yigʻinlari raislari, hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Yigʻilishda tuman prokurori Javlonbek Muftullayevning maʼruzasi tinglandi.

Tuman prokurori tomonidan tuman Davlat soliq inspektsiyasi, tuman investittsiyalar boʻyicha boʻlimi, Tibbiyot birlashmasi, Ichki ishlar boʻlimi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, Majburiy ijro byurosi hamda moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Yigʻilishda mutasaddi rahbarlar tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar qayd etib oʻtildi hamda boʻlim rahbarlari tomonidan ushbu holatlarga izohlar berildi.

Tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganovning taʼkidlashicha, huquqbuzarlik holatlarining oldini olish uchun avvalo, mahallalarda olib borilayotgan profilaktika ishlarining samaradorligini oshirish zarur. Shuningdek, huquqbuzarlik holatlarining koʻpchiligini oʻzaro janjal, haqorat, tuhmat, yengil tan jarohati yetkazish kabilar tashkil qilib bu borada mahalla va ovul fuqarolar yigʻinlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlarining faolligini yanada oshirish lozimligi qayd etildi.

Tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari, mayor Muxtor Rahmatullayev esa 2021-yil davomida ichki ishlar organlari tomonidan aniqlangan jinoyat turlari, huquqbuzarlik profilaktikasi boʻyicha amalga oshirilgan tadbirlarning ahamiyati xususida oʻz fikrlarini bayon qildi.

 Shuningdek yigʻilishda tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Baxadir Baltabayevning ham mazkur masala yuzasidan bildirgan fikrlari tinglandi. Qayd etilganidek, Amudaryo tumanining har bir ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida mahallabay ishlash tizimi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, bu tizim murakkab jarayon boʻlishiga qaramasdan, oʻz navbatida, siyosiy chaqiruv ham hisoblanishi, unga koʻra ijtimoiy-iqtisodiy reformalar, ichki va tashqi resurslar hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar, turli idora va tashkilotlarning “faoliyat yoʻlaklari” mahallalar kesimida tashkil etilishi taʼkidlandi.

Yigʻilishda barcha muassasa, idora-tashkilotlar faoliyatlarining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, ularning xalq oldida hisobdorligini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oqibatlari bilan kurashish emas, balki ular sodir etilishidan avval oldini olish, tadbirkorlikka keng yoʻl ochish, sohada yuzaga kelayotgan toʻsiqlarga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish har bir tashkilot rahbarining muhim vazifasi ekani qayd etildi.

Tuman hokimligining axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026