Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev maktab taʼlimini rivojlantirish masalasida Xalq taʼlimi boʻlimi jamoasi bilan yigʻilish oʻtkazdi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini yanada rivojlantirishda vazirlik va mahalliy hokimliklarning masʼuliyatini oshirish boʻyicha 2022-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtgan edi.
Mazkur yigʻilishda maktab taʼlimini rivojlantirish boʻyicha qator ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev 1-fevral kuni tuman Xalq taʼlimi boʻlimi jamoasi bilan uchrashib, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar, jumladan, maktablarda taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, yangi va qoʻshimcha binolar qurish, “mahorat maktabi”ga ega oʻqituvchlarni ragʻbatlantirish, “Mobil metodik guruhlar” tashkil etilishi kabi masalalar boʻyicha mutasaddilar bilan suhbatlashdi.
Bundan tashqari yigʻilish davomida tuman hokimi davlat tomonidan ajratiladigan mablagʻdan tashqari mahalliy byudjet tushumlarining ham bir qismi maktablarga yoʻnaltirilishini, eng muhimi, yangi maktablar mahalla faollari, ota-onalar va jamoatchilik nazorati ostida qurilishi va foydalanishga topshirilishi, shuningdek, 2022-yil mobaynida taʼlim sohasi uchun mahalliy byudjet mablagʻlaridan 21,8 mlrd. soʻm miqdorda mablagʻ ajratilishini taʼkidladi.
Yigʻilishda maktablar faoliyatini yanada yaxshilash faqat tuman Xalq taʼlimi boʻlimining emas, balki barcha idora-tashkilotlar, ziyolilar, keng jamoatchilikning vazifasi boʻlishi kerakligi taʼkidlandi.
Tuman Halq taʼlimi boʻlimi mudiri Akmal Ismoilov maktablar ahvolini yaxshilash boʻyicha 2022-yilda amalga oshirilishi belgilangan ishlar xususida maʼlumotlar berib oʻtdi. Unga koʻra, tumanimizdagi 18-, 36-, 56-sonli maktablar binolarini rekonstruktsiya qilish va kapital taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, Namuna mahallasi hududida joylashgan 78-sonli boshlangʻich taʼlim maktabini 9 yillik maktabga aylantirish hamda mahalliy byudjet hisobidan quvvati 60-oʻrinli yangi bino qurish rejalashtirilgan.
Shuningdek, yigʻilishda Tuman xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan maktablarning boshlangʻich sinflarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil qilish, bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga kirish qoʻrsatkichlarini va pedagog kadrlarning malaka toifalarni oshirish boʻyicha 2022-yilda koʻplab tizimli va samarali ishlar olib borilishi qayd etib oʻtildi.
Prezidentimiz raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida aytib oʻtilgan har bir vazifa ijrosi boʻyicha tuman xokimi tomonidan koʻrsatmalar berilib, doimiy ravishda nazoratga olinishi taʼkidlandi. Bundan buyogʻiga maktab taʼlim tizimidagi har qanday masala keng jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilishi maʼlum qilindi.
Prezidentimizning “Taqdirimiz muallimlar qoʻlida” deb aytgan soʻzlari – ayni haqiqat. Vatanimizning taraqqiyoti, farovonligi va iqtisodiyotining gullab yashnashida ertangi kun egalari boʻlgan yosh avlodni tarbiya qilayotgan oʻqituvchilarning xizmatlari katta ahamiyatga ega. Shunday ekan, maktablarda taʼlimi sifati va samaradorligini oshirish doimiy ravishda jamoatchilikning nazoratida va diqqat markazida boʻlishi lozim.
Amudaryo tumani hokimligining axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶