OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI IShChI GURUHI TUMANIMIZDA BOʻLDI
Mamlakatimiz aholisining 30 foizi 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlardir. Ularning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli boʻladi.
Ushbu vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Prezidentimiz tomonidan koʻplab qarorlar va farmonlar qabul qilindi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvar kungi “Mahallarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining qabul qilinishi yoshlarga qaratilayotgan yuksak eʼtibor va ishonchning namunasi deyishimiz mumkin.
Mazkur qaror ijrosinini nazorat qilish va yoshlar yetakchilariga zaruriy koʻrsatma va tavsiyalar berish maqsadida 5-fevral kuni Amudaryo tumani hokimligining katta majlislar zalida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi aʼzolari, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev hamda tuman Ichki ishlar boʻlimi profilaktika inspektorlari, mahalla raislari, tuman sektor rahbarlari, yoshlar yetakchilari va sohaviy tashkilot vakillari qatnashdi.

Maʼlumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Yigʻilishda ishchi guruh tomonidan tumanimiz boʻylab 5 ta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilgan ishlar borasida fikrlar bildirilib, bugungi kunda yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilganligi, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tarzda oʻtkazish dolzarb masala ekanligi qayd etib oʻtildi.
Taʼkidlash joiz, tumanimizda “Beshta muhim tashabbus” doirasida 2-fevral kuni tashkil etilgan sport musobaqalari, mahorat darslari va zakovat intellektual oʻyinlari endigina unib oʻsayotgan yigit-qizlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishlarida katta ahamiyatga ega boʻldi. Ayni kunlarda bu tadbirlar mahallalar kesimida namunali tarzda tashkil etilib davom ettirilmoqda.
Ushbu tadbirlani tashkil etishda mahallalardagi yoshlar yetakchilari tashabbuckor va faol harakat qilishmoqda. Yigʻilishda ishchi guruh vakillari tomonidan yetakchilarga hokim yordamchilari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishi lozimligi, muammoli yoshlar bilan ishlash tizimini qanday holatda yoʻlga qoʻyganliklari boʻyicha bir qancha savollar bilan murojaat qilindi.
Yetakchilar ishchi guruh vakillari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berishdi.
Bundan tashqari yigʻilishda, yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda xal etish, taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish boʻyicha bir qancha tavsiyalar berib oʻtildi.
Taʼkidlanganidek, yoshlar yetakchilari oʻzlari biriktirilgan mahallalardagi yigit-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, isteʼdodi va tashabbuslarini ragʻbatlantirish hamda hayotda oʻz oʻrnini topishlariga koʻmaklashadilar. Shuningdek yigʻilishda, yoshlar yetakchilari huquqbuzarlik sodir etishga moyiligi boʻlgan yoshlar bilan tizimli ishlashi, yoshlar orasida madaniyat va saʼnatni targʻib qilishi, sogʻlom turmush tarzi va sportni ommalashtirishi, yoshlar oʻrtasida tadbirkorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlashlari lozimligi alohida qayd etib oʻtildi.
Tuman hokimligining axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶