29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 01:41
Fan va taʼlim 👁 417

AMUDARYoDA HAM MAKTABLARNING BOShLANGʻICh SINF OʻQUVChILARIGA BEPUL TUShLIK BERISh YOʻLGA QOʻYILDI

AMUDARYoDA HAM MAKTABLARNING BOShLANGʻICh SINF OʻQUVChILARIGA BEPUL TUShLIK BERISh YOʻLGA QOʻYILDI

Maʼlumki, Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistondagi umumtaʼlim maktablarida boshlangʻich sinf oʻquvchilariga bepul tushlik berilishi, buning uchun byudjetdan yiliga 100 milliard soʻm ajratilishini maʼlum qilgan edi.  Shuningdek, Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni «Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturiga koʻra ham 2022-yil 1-apreldan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1-4-sinf oʻquvchilarini bepul ovqat bilan taʼminlash koʻzda tutilgan.

Yurtimiz boʻylab barcha maktablarda anʼanaviy tarzdagi taʼlim boshlangan 7-fevral kunidan Amudaryo tumanida boshlangʻich sinf oʻquvchilariga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish boshlab yuborildi.

7-fevral kuni Amudaryo tumani hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Akmal Ismoilov va boshqa masʼullar tumandagi 82-, 40-, 55-sonli maktablarda boʻlib, boshlangʻich sinf oʻquvchilariga bepul tushlik tarqatish jarayoni bilan tanishdi.

Taʼkidlash joizki, tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 85 ta umumtaʼlim maktablarida jami 13 ming 707 nafar boshlangʻich sinf oʻquvchilari taʼlim olishadi. Ulardan 1-sinf oʻquvchilar 3299 nafar, 2-sinf oʻquvchilari 3621 nafar, 3-sinf oʻquvchilari 3549 nafar, 4-sinf oʻquvchilari esa 3238 nafarni tashkil qiladi.

Tumandagi barcha umumtaʼlim maktablaridagi boshlangʻich sinf oʻquvchilariga qadoqlangan tayyor mahsulotlar keytering tashkiloti, yaʼni “AZUR KOMPAKT SERVIS” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan ertalab  soat 9:00ga qadar yetkazib beriladi.

Maktab direktori keytering tashkiloti xodimidan tayyor mahsulotlarni tegishli tartib boʻyicha rasmiylashtirib, qabul qilib oladi. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari boshlangʻich sinf oʻquvchilarning kunlik davomatini oladi va aniq raqamlarni tayyorlab, kundalik.com saytiga kiritadi. Roʻyxat maxsus jurnalga ham tushiriladi.

Olingan davomat boʻyicha maktab direktori sinf rahbarlariga tayyor mahsulotlarini tarqatadi. Sinf rahbarlari tayyor taom mahsulotlarini idishlarda sinf xonalariga olib boradi. Tayyor mahsulotlar roʻyxat boʻyicha oʻquvchilarga tarqatiladi va sanitariya qoidalari, normalari, gigiyena normativlariga muvofiq oʻquvchilariga 3-darsdan soʻng katta tanafus vaqtida tarqatiladi. Sinf rahbari oʻquvchilarning ovqatlanishini nazorat qiladi va maktab direktoriga hisobot beradi. 

Maktab direktori tomonidan ham tuman Xalq taʼlimi boʻlimi tegishli mutasaddi xodimlariga kunlik maʼlumotlarni berib boriladi.

Xalq taʼlimi boʻlimi rahbari kunlik maʼlumotlarni tasdiqlangan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining “Sogʻlom ovqatlantirish va tibbiy xizmatni muvofiqlashtirish” boʻlimiga hisobot  berib boradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi esa kunlik maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining “Sogʻlom ovqatlantirish va tibbiy xizmatni muvofiqlashtirish” boʻlimiga kundalik hisobot  berib boradi.

Undan tashqari, olis hududlardagi maktablar va filiallarga bir haftalik tayyor mahsulotlar keytering tashkiloti tomonidan yetkaziladi. Shu oʻrinda aytish joizki, yakka tartibda taʼlim olayotgan oʻquvchilar uyda taʼlim olayotgani sababli tayyor mahsulot bilan taʼminlanmaydi.

Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga bepul tushlik tarqatilishi ularning sogʻlom boʻlib voyaga yetishi va darslarni yaxshi oʻzlashtirishlariga xizmat qilishi bilan nihoyatda ahamiyatlidir.

Zafar Abdullayev, tuman XTB maʼnaviy-axloqiy tarbiya va taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish shoʻʼba mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026